Vashington Saudiya Arabistoniga bomba sotmoqchi. Narxi – $500 mln

Vashington Saudiya Arabistoniga bomba sotmoqchi. Narxi – $500 mln

AQSh ma’muriyati qariyb 500 million dollar evaziga Saudiya Arabistoniga boshqariladigan o‘ta aniq Paveway bombalarini sotmoqchi. The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Oq uy Raytheon kompaniyasi ishlab chiqargan 7,5 mingta bombani Riyozga sotish haqidagi rejasidan Kongressni xabardor qilgan. 

Saudiya Arabistoni 2019 yilda tuzilgan kelishuv doirasida 60 mingta Paveway bombasidan xarid qilgan edi. Vashington Saudiya Arabistonida oldingi avlod bombalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni kengaytirishni ham taklif qilmoqda. 

Maqolada aytilishicha, Demokratlar partiyasi vakillari – kongressmen Eliot Engel va senator Robert Menendes yangi kelishuvga qarshi chiqamoqda. Engel Vakillar palatasida, Menendes esa Senatda tashqi ishlar qo‘mitalarini boshqaradi. 

The New York Times gazetasi 2019 yilning iyunida Donald Tramp ma’muriyati Kongressni aylanib o‘tgan holda arab mamlakatlari bilan qurol-yarog‘ bo‘yicha yigirmadan ortiq kelishuv tuzganini yozib chiqqan edi. 

AQSh qonunchiligiga muvofiq mudofaa vazirligi boshqa mamlakatlarga qurol-yarog‘ sotish haqidagi rejalar borasida Kongressga ma’lumot berishi zarur. Kongress rejalarni 30 kun ichida ko‘rib chiqadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!