Vanga 2021 yil uchun nimalarni bashorat qilgan?

Vanga 2021 yil uchun nimalarni bashorat qilgan?

Mashhur bolgariyalik bashoratchi Vangeliya Pandeva Gushterova (Vanga) 2021 yilda Rossiya demografik inqirozga yuz tutishi, AQShning "oxirgi prezident"i va tabiiy ofatlar bo‘lishini aytgan edi deya xabar bermoqda 5-tv.ru.

Vanga birinchi yarim yillikda RFda demografik inqiroz yuz berishini bashorat qilgan. Ekspertlarning fikricha, bu koronavirus infeksiyasi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Vaziyat yilning ikkinchi yarmida yaxshilanishi kerak.

Vanganing yana bir bashorati AQShga tegishli bo‘lib, u "oxirgi prezident" haqida aytilgan. Ma’lumki, noyabr oyida saylovlar bo‘lib o‘tdi, ammo amaldagi prezident Donald Tramp Jo Baydenning g‘alabasiga ishonmayapti va prezident kursisini unga bo‘shatishni xohlamayapti. Bashoratchining fikriga ko‘ra, Tramp so‘nggi davlat rahbariga aylanadi. Amerikada aynan nima sodir bo‘lishi aniq aytilmagan, ammo "fuqarolar urushi" va hokimiyat almashishi istisno qilinmagan.

Vanga, shuningdek, AQSh ichki muammolar tufayli jahon sahnasini tark etishi va uning o‘rnini "kuchli ajdaho" egallashi haqida bashorat qilgan. Bu ibora ostida u nafaqat Xitoyni, balki Rossiya va Hindistonni ham nazarda tutgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar "qizil pul"ga ega bo‘lishadi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, 100 yuan va 5000 rubl qog‘ozlari aynan qizil rangda.

Boshqa bir bashorat - AQShga tabiiy ofatlar, kuchli yomg‘ir va “megato‘fon” tufayli Kaliforniya shtati, Los-Anjeles, San-Fransisko va San-Diyego shaharlari suv ostida qolishi mumkin.

Telekanal Vanganing ijobiy bashoratlarini ham keltirgan, masalan, insoniyat saraton kasalligini yengadi. Bashoratchi saraton kasalligiga qarshi samarali dori allaqachon yaratilgan, ammo ishlab chiqarishga kiritilmaganligini ta’kidlagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!