Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘zatov tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro K.N. 4 000 AQSh dollarini 51,6 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Kogon shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.SH. fuqaro B.R.dan 3 500 AQSh dollarini 45,2 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Uchquduq tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar S.R. va N.S. fuqaro B.N.ga 3 700 AQSh dollarini 48,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Франция президенти Эмманюуэль Макрон АҚШ президенти Дональд Трамп таклиф қилган Россиянинг Исроил ва Эрон ўртасида воситачилик қилиши ғоясига қарши чиқди.
Бугун жиноят ишлари бўйича Шайхонтоҳур туман судида К. Дусовга (1984 йилда Самарқанд вилоятида туғилган, муқаддам судланган) оид жиноят ишини кўриб чиқиш бўйича очиқ суд жараёни якунланиб, суд ҳукми эълон қилинди.