Vadim Abramov terma jamoaga yana Lutfulla To‘rayevni chaqirdi

Vadim Abramov terma jamoaga yana Lutfulla To‘rayevni chaqirdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Saudiya Arabistoni va Falastinga qarshi kechadigan o‘yinlar oldidan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatini ma’lum qildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Milliy terma jamoa 2 noyabr kuni yig‘inga kirishadi. Bosh murabbiy Vadim Abramov va uning shtabi ushbu yig‘inga jalb qilingan futbolchilardan iborat kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Unda 32 nafar futbolchi nomi qayd etilgan bo‘lib, yig‘in davomida va Qirg‘izistonga qarshi o‘yindan so‘ng Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan uchrashuvda ishtirok etadigan 23 futbolchi saralab olinadi.

Ushbu ro‘yxatdan «Bunyodkor» yarim himoyachisi Lutfulla To‘rayev ham o‘rin olgan. Eslatib o‘tamiz, Vadim Abramov Yaman va Singapur terma jamoalariga qarshi kechgan o‘yinlar oldidan ham To‘rayevni tarkibga chaqirgan, ammo matbuot va muxlislar tomonidan uyushtirilgan bosim ostida bu qaroridan voz kechgan edi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!