“O‘zsuvta’minot” AJning “Ochiq ma’lumotlar” bo‘limidagi ma’lumotlar qayta kiritildi

“O‘zsuvta’minot” AJning “Ochiq ma’lumotlar” bo‘limidagi ma’lumotlar qayta kiritildi

“O‘zsuvta’minot” AJning “Ochiq ma’lumotlar” bo‘limidagi ma’lumotlar qayta kiritildi. Bu haqda AOKAda "O‘zsuvta’minot" AJ rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi.

Fuqarolarning axborotni erkin izlash va olishga doir konstitusiyaviy huquqlarini amalga oshirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligini ta’minlash, ularning ochiqlik borasidagi samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash hamda faoliyatini ilg‘or xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy etish maqsadida hukumatimiz tomonidan bir necha normalar tatbiq etilgan.

Belgilangan normalarga asosan 2022-yil yakunlariga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida baholangan edi.

Aksiyadorlik jamiyati va uning tizim tashkilotlari ochiqlik faoliyati darajasini oshirish, hisobot va ma’lumotlar bazasini shakllantirib borish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda 2023-yilgi baholashda ijobiy natijalarni qayd etish maqsadida boshqaruv raisining tegishli buyrug‘i chiqarildi. Mazkur buyruq hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish bo‘yicha qarorlar va qonunchilik hujjatlari asosida “O‘zsuvta’minot” AJning “Ochiq ma’lumotlar” bo‘limidagi ma’lumotlar qayta kiritildi.

Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga doir ochiq ma’lumotlar talab darajasida resurslarga, ya’ni ochiq ma’lumotlar portali va aksiyadorlik jamiyati rasmiy veb-saytiga joylashtirildi. Jumladan, ochiqlik portalida (https://data.egov.uz/organizations/720) :

rahbariyatning qabul kunlari va aloqa ma’lumotlari;

tashkilot va aloqa kanallari haqida ma’lumotlar;

tashkilotning quyi bo‘g‘inlari, filiallari va hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

mavjud vakant ish joylari haqida ma’lumot;

fuqaro murojaatlari, murojaat kanallari va ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar;

davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

mansabdor shaxslarning xizmat safarlari,

tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasi bilan bir qatorda, uning ijrosi va boshqa shu kabi 10 ta to‘plamdan iborat ma’lumotlar belgilangan muddatlarda joylashtirib kelinmoqda.

Shu bilan bir qatorda mazkur ma’lumotlar va aksiyadorlik jamiyatiga oid bir yillik umumiy hisobotlar, davlat byudjeti va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar, tasdiqlangan ish rejalar, sohaga oid qabul qilingan yoki o‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlar, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ichki-idoraviy hujjatlar va o‘tkazilgan hamda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tenderlar haqidagi ochiq ma’lumotlar aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytining “Ochiq ma’lumotlar” bo‘limiga joylashtirilib kelinmoqda. Umuman olganda, tashkilot faoliyatining ochiq va shaffofligini ta’minlash va belgilangan normalar asosida e’lon qilib borish yuzasidan kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqilib amaliyotga tatbiq etilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!