"O‘zimizning yigit-ku bu": Toshkentda YPX xodimi qoidani buzgan haydovchini qo‘yib yubordi

"O‘zimizning yigit-ku bu": Toshkentda YPX xodimi qoidani buzgan haydovchini qo‘yib yubordi

Joriy yilning 10 sentyabr kuni soat 12:00 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Shahriobod ko‘chasida YPX xodimi O.Shokirjonov tomonidan "Matiz" rusumli avtomobil haydovchisi, boshqaruv vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmaganligi hamda yo‘l chizig‘ining talabiga rioya qilmaganligi bois to‘xtatilgan.

O‘zaro muloqot vaqtida jarayonga YPX xodimi SH.Nuraliyev aralashgan va haydovchiga o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rilmasdan ketishiga ruxsat berilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!