O‘zganing nomiga onlayn kredit rasmiylashtirgan shaxs qo‘lga olindi

O‘zganing nomiga onlayn kredit rasmiylashtirgan shaxs qo‘lga olindi

Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi 35 yoshli X.X. ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan plastik kartasiga noma’lum shaxs tomonidan 15.000.000 so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganligini ma’lum qilib, aybdor shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

O‘rganish davomida, ushbu jinoyatni Namangan viloyati, Namangan tumanida yashovchi 30 yoshli I.N. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, I.N. “Ipoteka-Retail” mobil ilovasi orqali X.X.ning nomiga 15.000.000 so‘m onlayn kredit rasmiylashtirib, ushbu pullarni o‘zlashtirib olganligini ma’lum bo‘ldi.

I.N.ga nisbatan O‘z. Res. JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Qonunga muvofiq, I.N. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!