Uzcard: Xavotir olmang, pul mablag‘lariga tegishli barcha ma’lumotlar xavfsiz holatda saqlanmoqda

Uzcard: Xavotir olmang, pul mablag‘lariga tegishli barcha ma’lumotlar xavfsiz holatda saqlanmoqda
Shu kunlarda bank plastik kartalari bilan to‘lov qilishda muammolar yuzaga kelmoqda. Uzcard banklararo to‘lov tizimi ushbu vaziyat yuzasidan izoh berdi. Unda qayd etilishicha, Yagona umumrespublika prosessing markazi tizimida2018 yil15 sentyabri, kechki soat 18:52 da texnik nosozlik kuzatilgan. Markaz mutaxassislari tomonidan tizimni kun davomida ishga tushirish uchun barcha zarur chora-tadbirlar olib borilmoqda.
 
Ko‘pchilik foydalanuvchilar o‘z hisob raqamlarida pullarning yo‘qolib qolganidan xavotirda edilar. Bu haqda to‘xtalib o‘tilar ekan, “Tizim mobil to‘lov tizimlari orqali pul mablag‘lariga tegishli ma’lumotni taqdim eta olmayapti. Pul mablag‘lariga tegishli barcha ma’lumotlar xavfsiz holatda saqlanmoqda. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”,-deyiladi xabarda.
 
Ma’lumot uchun: Uzcard banklararo to‘lov tizimi bu asosiy elementi mikroprosessorli plastik kartochkalar bo‘lgan, qonuniy normalar, normativ hujjatlar va dasturiy texnik yechimlar va kerakli tashkiliy texnik infrastruktura uyg‘unligiga asoslangan, pul to‘lovlarini elektron ko‘rinishda amalga oshirish uchun mo‘ljallangan va mikroprosessorli bank kartochkalarini chiqaruvchi va mahsulot(ish, xizmat) sotuvchilariga xizmat ko‘rsatuvchi banklarni, hisob banki va prosessing tashkilotini bir butun tizimga birlashtiruvchi hududiy to‘lov tizimidir.
 
Uzcard qatnashchi banklar orasida 2005 yil 5 mart kuni VO №-1 “Bank so‘mlik mikroprosessorlik plastik kartochkalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va ularning operasiyalari bo‘yicha o‘zaro to‘lovlar bilan ta’minlash” haqida umumiy shartnomani imzolaganlar.
 
Hozirgi kunda, ushbu Markazda 28 xususiy banklarning to‘lov tizimlari birlashtirilgan, Uzcard qatnashchilari bo‘lmish banklar chiqargan kartochkalar umumxizmat tizimini ta’minlovchi so‘mlik plastik kartochkalar orqali hisobning banklararo to‘lov tizimi tuzilgan.
 
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!