O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga nisbatan navbatdagi ommaviy «amnistiya» e’lon qilinishi mumkin

O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga nisbatan navbatdagi ommaviy «amnistiya» e’lon qilinishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini e’tirof etish tartibi ko‘zda tutilgan.

Ahamiyatlisi, loyihada mulk va ijara huquqlari rasmiylashtirilganda yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar 126 mingdan ortiq fuqarolarning ruxsatnomasiz qurilgan uy-joylarga nisbatan egalikni belgilash masalasi qonuniy yechimni kutmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!