“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari konlarda tabiiy gaz qazib chiqarilishi holatini o‘rganish maqsadida Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘ldi.
Havo haroratining keskin pasayib, joylarda -20S gacha tushib ketishi, buning oqibatida ob’ektlarning texnologik jarayonlarida kelib chiqayotgan muzlab qolish holatlariga qaramasdan uglevodorodlar zaxiralarini ko‘paytirish, konlardan tabiiy gaz qazib chiqarishni oshirish hamda texnologik ob’ektlarni ishga tushirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarning ijrosi hamda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar joyida o‘rganildi.
Ustyurt regionida uglevodorodlar zaxirasini o‘stirish Dasturi doirasida olib borilayotgan burg‘ilash ishlarini nazorat qilish maqsadida “Quyi Shimoliy Berdax” 4-sonli izlov qidiruv qudug‘ini burg‘ilash jarayonlari bilan tanishib chiqildi.
“Quyi Sharqiy Berdax” konidagi 10, 114 va 117-sonli, “Sharqiy Berdax” konidagi 97-, “Sharqiy Berdax” konidagi 7, 32, 33, 58, 69 va 75-sonli quduqlarida bajarilayotgan burg‘ilash va kapital ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda nazorat qilindi.
O‘rganishlar davomida ushbu tadbirlarni bajarayotgan pudratchi tashkilotlar rahbarlari bilan ishlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilinib “O‘zbekneftgaz” AJ departamentlari va Ustyurt boshqarmasining, shuning pudratchi tashkilotlarning rahbar va xodimlariga quduqlarni o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Dekabr oyining o‘tkan 14 kunida Ustyurt boshqarmasi bo‘yicha jami 3 ta, shulardan 2 ta yangi - “Quyi Sharqiy Berdax” 4 va 10-sonli quduqlar burg‘ilash ishlaridan va yana 1 ta - “Quyi Surgil” 21-sonli qudug‘i kapital ta’mirlash ishlaridan so‘ng ishga tushirilib, natijada kunlik tabiiy gaz qazib chiqarishni 700 ming kub metrga ko‘paytirishga erishildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ belgilangan geologo-texnik tadbirlarni samarali amalga oshirish orqali 2022 yil yakuniga qadar jami 6 ta quduqni burg‘ilash va kapital ta’mirlash ishlaridan ishga tushirish natijasida kunlik gaz qazib chiqarishni yana 1,0 mln. kub metrga oshirish bo‘yicha ishlar jadal suratlarda amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Украина Қуролли Кучлари 3-штурм бригадаси қўмондон ўринбосари Андрей Жорин фронтдаги вазиятни «жуда оғир» деб баҳолади ва ёз ҳамда куз ойларини мураккаб давр сифатида тасвирлади.
Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.