O‘zbekiston «Chegarasiz mehnat» platformasiga qo‘shiladi

O‘zbekiston «Chegarasiz mehnat» platformasiga qo‘shiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 iyun kuni Minsk shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida EOII huzuridagi kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etdi.

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko raisligida o‘tgan uchrashuvda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin, kuzatuvchi maqomida Kuba Respublikasi Prezidenti Migel Dias-Kanel, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon (videomurojaat yo‘lladi) hamda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi Baqitjan Sag‘intayev ham qatnashdi. Mehmon sifatida Abu-Dabi valiahd shahzodasi Shayx Xolid Ol Nahayon, Mo‘g‘uliston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Nam-Osorin Uchral va MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev ishtirok etdi.

Kun tartibidan ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat kooperasiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalari o‘rin oldi.

O‘zbekiston Prezidenti nutqining avvalida EOII mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish mamlakatimiz tashqi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

Tashkilotga a’zo mamlakatlarga ularning delegasiyalari joriy yilda O‘zbekistonda o‘tkazilgan "Innoprom. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi va to‘rtinchi Toshkent investisiya forumida faol ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirildi.

Ushbu tadbirlar yakunida muhim kelishuvlarga erishilgani, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari va istiqbolli loyihalari belgilab olingani alohida ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston bilan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik qay darajada rivojlanayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi. Xususan, kuzatuvchi davlat maqomidagi hamkorlik davrida O‘zbekistonning Ittifoq mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 80 foizga oshib, o‘tgan yil yakuniga ko‘ra 18 milliard dollarni tashkil etdi.

Joriy yil mart oyida qo‘shma Ishchi guruhning to‘rtinchi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazildi, uning yakunida texnik to‘siqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, sanoat kooperasiyasini chuqurlashtirish va ishbilarmonlik tashabbuslarini rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Qariyb 40 ta aniq tadbirni qamrab olgan yangi uch yillik Rejani amalga oshirish boshlandi. O‘zbekiston EOIIning muhim tashabbuslari, jumladan, "Evroosiyo agroekspress", elektron savdoni rivojlantirish, yuk tashishni raqamlashtirish va iqlim kun tartibi kabi loyiha va dasturlarida ham faol ishtirok etmoqda.

Bundan tashqari, aprel oyida mamlakatimizning Yevroosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shilish jarayonlari yakunlandi. Bank bilan birgalikda infratuzilmani modernizasiya qilish, metallurgiya, to‘qimachilik, kimyo va boshqa strategik tarmoqlarda istiqbolli loyihalar portfeli ishlab chiqilmoqda.

Davlatimiz rahbari EOII bilan sheriklikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini bayon qildi.

O‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish uchun qulay sharoitlar yaratish muhimligi qayd etildi. O‘zbekiston mamlakatlarimiz o‘rtasidagi erkin savdo zonasi faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq barcha kelishuvlarni to‘liq bajarib kelayotgani ta’kidlandi.

Shu ma’noda, mamlakatimizning savdo operasiyalarini texnik tartibga solish tartib-taomillarini soddalashtirish va tizimlarini yaqinlashtirishga qaratilgan qator takliflarini ekspertlar darajasida ishlab chiqishni jadallashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, O‘zbekiston savdoni qo‘llab-quvvatlash vositalari va mexanizmlarida – EOII texnik jihatdan tartibga solishning raqamli tizimi va raqamli transport yo‘laklari ekotizimi, Yevroosiyo qayta sug‘urtalash kompaniyasi kabilarda qatnashishdan manfaatdor ekani qayd etildi.

Zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt jadal rivojlanayotganini hisobga olib, raqamlashtirish sohasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik istiqbollari ko‘rsatib o‘tildi. Bu borada elektron savdo, tovarlarni raqamli markirovkalash, yangi avlod logistika platformalarini yaratish, muayyan tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan alohida dastur qabul qilish taklif etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston o‘tkazish punktlarining yagona integrasiyalashgan axborot tizimida ishtirok etishi mumkinligi ta’kidlandi. Bu chegaralardan o‘tishni tezlashtirish, monitoring samaradorligi va barcha tartib-taomillarning shaffofligini ta’minlash imkonini beradi.

Kooperasiya aloqalarini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan dasturlar doirasida, shu jumladan EOII Ishbilarmonlar kengashi bilan birgalikda amaliy hamkorlikni kengaytirishga tayyorlik bildirildi.

O‘zbekiston sanoat loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi hamda Sanoat kooperasiyasi va texnologiyalar transferi bo‘yicha Yevroosiyo tarmog‘i platformasining imkoniyatlaridan foydalanishdan manfaatdor ekanligi aytildi.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari hamkorligi uchun imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekistonning EOII mamlakatlari bilan Agrokooperasiya dasturini qabul qilish haqidagi tashabbusni amalga oshirish shular jumlasidan. Ushbu dastur ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashish qoidalarini soddalashtirish, "yashil" yo‘lakning samarali ishlashi va kengaytirilishini nazarda tutadi.

Bundan tashqari, EOII bo‘yicha hamkorlar bilan tartib-qoidalarni soddalashtirish va mehnat resurslari harakatchanligini oshirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan sohalarda kasbiy standartlar va malaka talablarini yaqinlashtirish masalalari yuzasidan ekspertlar maslahatlashuvini o‘tkazish taklif etildi.

Shuningdek, tashkilot doirasida ishga tushirilgan "Chegarasiz mehnat" integrasiyalashgan platformasiga qo‘shilishga tayyorlik ham bildirildi.

Yakunda davlatimiz rahbari O‘zbekistonning EOII doirasidagi ko‘p tomonlama dastur va loyihalarda ishtiroki iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga hamda mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

"Manchester Siti" rahbariyati: Bu ikki himoyachi klubda qoladi

"Манчестер Сити" раҳбарияти жамоада икки ҳимоячини олиб қолиш ниятида.

Eldor Shomurodovning yangi jamoasi ma’lum. U Italiyadan ketmoqda

"Рома" ҳужумчиси Элдор Шомуродов Италиянинг "Кремонезе" клубига ўтиши ҳақида хабар тарқалганди.

Lamin Yamal: "Butun dunyo tayyorlansin"

«Барселона» ҳужумчиси Ламин Ямал футболдаги келажаги ҳақида гапирди. Испаниялик футболчи 5 йил ичида бутун дунёни тайёрланишга чақирди.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Antalyada 550 mln dollarlik loyiha boshlagani ma’lum qilinmoqda

Ўзбек тадбиркори Жаҳонгир Ортиқхўжаев Туркияда 550 млн долларлик йирик инвестиция лойиҳасини амалга оширмоқда. Бу лойиҳа икки давлат ўртасидаги иқтисодий ва маданий алоқаларни янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда. Ортиқхўжаевнинг фикрича, Ўзбекистон ва Туркия тадбиркорлари ўртасида ишонч ва дўстлик алоқалари юқори.

Milliy terma jamoamiz darvozaboni O‘tkir Yusupovning Eron klubidagi kelajagi nima bo‘ladi?

Бу ҳақда Uzbekistan Legionaries хабар берди.

Rossiya sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda: nishonda O‘zbekiston ham bor!

Кремль мазкур давлатларда рус тилининг мақомини пасайтирувчи қонунлар қабул қилинаётганидан норозилик билдирган

Kecha Toshkentda rekord darajadagi issiq havo qayd etildi

2025 йил 4 июль куни Тошкент шаҳрида ҳарорат +43,5°C га етди.

Chevrolet yangi Tracker 2026’ni taqdim etdi

Расмий ишлаб чиқариш ютули 2025 йил июл ойида бошланади, аммо ҳозирча фақат Бразилияда.

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

Ittifoqchi davlatlar AQSh yo‘lidan yuradi va Ukrainadan uzoqlasha boshlashadi

Келгуси йил давомида Украина иттифоқчилари АҚШ йўлидан юради ва Киевдан узоқлаша бошлайди

Kreml Bokuni kechirishga chaqiradi

Москва Озарбайжон билан иттифоқчилик муносабатларини сақлаб қолишни хоҳламоқда, ҳар икки мамлакат ўртасидаги кескинликка қарамай.

Dunyoda eng ko‘p millionerlar yashaydigan davlatlar e’lon qilindi

Global Wealth Databook ва Bloomberg томонидан дунёда аҳолисининг катта қисми миллионерлардан иборат бўлган давлатлар рўйхати эълон қилинди. Ўзбекистон бу рўйхатга киритилмади.

Toshkentda qiz harakatdagi avtomashina eshigini ochib sakradi

Ижтимоий тармоқларда қиз ҳаракатдаги автомашина эшигини очиб сакраганлиги акс этган видео тарқалиб турли муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.

Rossiyada avialoqa to‘xtatildi

Россия 7 июль кечаси 120 та украин дронларини тўхтатганини маълум қилди — ҳужум камида 10 та ҳудудни, жумладан Брянск, Курск ва Ленинград вилоятларини қамраб олди.

Bugun lavozimidan ozod qilingan Rossiya transport vaziri Roman Starovoyt vafot etdi

Маълумотларга кўра, Роман Старовойт Москва яқинидаги Одинцово шаҳридаги шахсий уйида ўлик ҳолда топилган.

Isroilning G‘azoga havo hujumlari oqibatida 10 falastinlik halok bo‘ldi, ular orasida chaqaloq ham bor

Исроил армиясининг қамал остидаги Ғазо секторига қилган навбатдаги тонгги ҳаво ҳужумлари натижасида камида 10 фаластинлик ҳалок бўлди. Марҳумлар орасида бир чақалоқ ҳам бор. Яна кўплаб инсонлар жароҳат олди.

Qorasaroy ko‘chasida konteyner yonib ketdi

Айтилган манзилда ёнғин навбатчиликда турган ёнғин қутқарув экипажлари томонидан зудлик билан соат 11:32 да ўчирилди.

Rossiyaning Ukrainaga navbatdagi zarbalari kamida uch kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Украина расмийлари маълумотларига кўра, Одессада дрон зарбаси оқибатида янги қурилган бинодаги қўриқчи ҳалок бўлган

Isroil harbiylari Yamanga zarba berdi

Исроил мудофаа вазири Исраэл Кац ҳусийларга қарашли портлар ва электр станциясига ҳарбий-ҳаво кучлари томонидан ҳужум қилинганини тасдиқлади

Eronda Isroil razvedkasi bilan aloqador agent qo‘lga olindi

Бу ҳақда FARS агентлиги Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (IRGC) матбуот хизматининг маълумотига таяниб хабар берди.

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarning birinchi bosqichi samarasiz tugadi

Бу ҳақда Sky News Arabia телеканали "Report" хабарига таянган ҳолда маълум қилди.

Tailandda pushti temiratki kasalligi tarqalmoqda

Қайд этилишича, ушбу касаллик кўпинча болалар ва ёшларда кузатилади — бу танада «она» деб аталадиган катта доғнинг пайдо бўлиши билан бошланади

Masjid qurilishi bahonasida odamlardan pul olganlar ushlandi

Кўрилган чора-тадбирлар натижасида ушбу фуқароларнинг шахси аниқланган

Pokistonda ko‘p qavatli bino qulab tushdi, qurbonlar bor

Маҳаллий ОАВ хабарларига кўра, саккизга яқин фуқаро вайроналар остида қолган бўлиши мумкин.

Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in 2 soatda qurshab olindi

Ёнғин ҳудуди кенгайишига йўл қўймаслик учун «Бурчмулла» ўрмон хўжалигидан ҳам ёнғин ўчириш ишларига ходимлар жалб қилинган.

Suriyaning Latakiya hududida kuchli o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda — OAV

Олов тез тарқалаётгани сабабли 20 дан ортиқ шаҳар ва қишлоқлар аҳолиси эвакуация қилинди.

Britaniyada COVIDning yangi shtammi Stratus tarqalmoqda

The Independent нашри ёзишича, Буюк Британияда COVID-19'нинг янги штамми — Stratus кенг тарқалмоқда.

Dron hujumlari tufayli Pulkovo va Sheremetevo aeroportlarida 200 dan ortiq reys kechiktirildi

Пулково аэропортида эса 100 дан ортиқ рейс кечиктирилган ва 30 дан ортиқ рейс бекор қилинган. Бунинг оқибатида аэропортларда йўловчилар тўпланиб қолган.

Toshkent viloyatida 7 yoshli bola o‘gay otasi va onasi tomonidan kaltaklandi

Ҳолат юзасидан боланинг онаси маъмурий жавобгарликка тортилган.

Agrobank Andijon filialida yirik kredit talon-tarojligi fosh etildi — sobiq rahbar 8,5 yilga qamaldi

Қизиғи шундаки, ушбу филиал раҳбари 2024 йилнинг ўзида 3 марта, 2025 йилда эса 1 марта жиноий жавобгарликка тортилган.

Rimdagi portlashda jarohatlanganlar soni 45 kishiga yetdi (video)

Бу ҳақда Rainews24 телеканали хабар берди.

Moskvada Transneft top-menejeri Andrey Badalov o‘lik holda topildi

Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади

Janubiy Koreyada jazirama oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Ҳукумат статистика юрита бошлаган 15 июндан буён иссиқ уришдан азият чекканлар сони 633 нафарга етди.

Isroil askarlari El-Xalilda halok bo‘lgan falastinlik bilan vidolashuv marosimini to‘xtatib qo‘ydi

Исроил армияси Ғарб соҳилидаги Эль-Халил шаҳрида жойлашган хонадонга рейд уюштириб, ҳалок бўлган фаластинлик билан видолашув маросимига халал берди. Марҳум аввалроқ Исроил қамоқхонасидан озод этилган ва кейинроқ Ғаза секторидаги Исроил бомбардимони оқибатида ҳалок бўлган эди.