«O‘zbekneftgaz» rahbari Chinoz neft bazasidagi yong‘in nega 8 soat davom etganiga izoh berdi

«O‘zbekneftgaz» rahbari Chinoz neft bazasidagi yong‘in nega 8 soat davom etganiga izoh berdi

Mehriddin Abdullayev, «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi:

«Chinozdagi yong‘in — mehnat xavfsizligiga rioya etilmagani uchun sodir bo‘ldi. Yongan idishda yuz tonnaga yaqin mahsulot bo‘lgan.

 Biz yongan mahsulotni o‘chirishga emas, uning atrofidagi idishlarni qo‘riqlashga harakat qildik. Chunki bazada 40 ming tonnagacha mahsulot bor edi, yonayotgan mahsulotni boshqasiga ko‘chirib o‘tkazishning imkoni yo‘q edi. O‘t o‘chiruvchilar o‘t o‘chirish bilan emas, atrofidagi idishlarni qo‘riqlagani uchun ham yong‘in sakkiz soatga cho‘zilib ketgan.

Yong‘inda 6 kishi jarohat olgan edi. Ularning hammasining ahvoli yaxshi, uyida davolanyapti».
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!