“O‘zbekkonsert” xonanda Shahlo Ahmedova uyatsiz klipi uchun lisenziyasidan ayrildi

“O‘zbekkonsert” xonanda Shahlo Ahmedova uyatsiz klipi uchun lisenziyasidan  ayrildi

Xonanda Shahlo Ahmedova “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining bir necha bor ogohlantirishiga qaramay “Letniye dojdi” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan videoklip ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etilayotgani uchun lisenziyasidan mahrum qilindi.
 
Xonanda Shahlo Ahmedovaning “Letniye dojdi” deb nomlangan videoklipida milliy ma’naviyatga yot bo‘lgan, tomoshabinlarning e’tiborini jalb etish uchun o‘zbek xalqi mentalitetiga zid, sharqona odob-ahloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan ham tap tortmay, yigit va qizning ishqiy kechinmalarini ochiq-oshkora ifoda etib, buni andishasizlarcha tasvirga olib keng ommaga namoyish etgan.
 
“Shahlo Ahmedovaga 2017 yil 11 iyul kuni berilgan liyenziya bugun, 13 noyabr kunidan tugatilganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi “O‘zbekkonsert” davlat muassasi xabarida.
 
Ma’lumot uchun, 2018 yilning fevral oyidan boshlab “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshida qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashi  mana bir necha oydan beri o‘z faoliyatini davom ettirib kelyapti.

Qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!