O‘zbekistonning bir qator internet-nashrlari 18 iyundan beri muammolar girdobida. Saytlar bu muammolar texnik emas, sun’iy bo‘lishi mumkinligidan xavotirda

A A A
O‘zbekistonning bir qator internet-nashrlari 18 iyundan beri muammolar girdobida. Saytlar bu muammolar texnik emas, sun’iy bo‘lishi mumkinligidan xavotirda

O‘zbekistonda 18 iyundan beri bir qator yetakchi axborot saytlariga kirishda muammolar yuzaga kelmoqda. Ular orasida «Kun.uz» ham bor. Internet-nashr tahririyati 23 iyun kuni mazkur holat yuzasidan bayonot berdi. Bayonotda bu muammo faqat texnik emas, balki sun’iy bo‘lishi mumkinligiga urg‘u berilgan.

O‘zbekistondagi yetakchi axborot-tahliliy saytlari — «Kun.uz», «Xabar.uz», «Qalampir.uz», «Sof.uz», «Azon.uz»ga kirish qiyinlashgan. Bu holat uch kundan buyon O‘zbekiston hududida ham, jahon miqyosida ham kuzatilmoqda. Bunga nima sabab bo‘ldi?

2017 yilda «Eng yaxshi yangiliklar sayti», «Fuqarolar murojaatlari natijalarini eng faol yoritib borgan OAV» sifatida e’tirof etilgan «Kun.uz» sayti nega to‘sib qo‘yildi? Sayt jurnalistlariga tahdidlar bo‘ldimi? Endi sayt o‘z faoliyatini to‘xtatadimi? Shu kabi savollar oxirgi uch kun ichida mushtariylar tomonidan tinmay yo‘llanmoqda.

Ochig‘i, biz ham masalaning mohiyatiga yetib borganimiz yo‘q. Qolaversa, O‘zbekiston Axborot kommunikasiyalari va texnologiyalari vazirligi tushunmagan vaziyatga biz qanday baho berishimiz mumkin?

72 soatdan buyon nosozliklarni bartaraf etish ustida ish olib borayotgan sayt texnik xodimlarining ta’kidlashicha, masala bevosita vazirlik aralashuvi bilan hal bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri-da, O‘zbekistonda axborot xavfsizligi yuzasidan kelib chiqqan muammo bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi shug‘ullanmaydi. Shunga qaramasdan, vazirlik masalaga panja ortidan qarashda davom etyapti.

Qayd etish kerakki, ushbu holat UZ domen zonasidagi boshqa saytlar bilan ham yuz bermoqda. Shubhali tomoni ham shunda: texnik nosozlik va muammolarga duch kelgan saytlarning barchasi internet foydalanuvchilar orasida ommabop yangiliklar saytlari hisoblanadi. 19 iyun kuni ilk holat «Kun.uz» va «Qalampir.uz» saytlarida, keyinroq «Sof.uz» saytida ham kuzatildi.

Xususan, nomlari tilga olingan saytlarga xorijda istiqomat qiluvchi mushtariylar kira olmayotgani haqida shikoyatlar paydo bo‘lgach, bunday murojaatlar o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan ham bildirildi. 22 iyun kuni «Xabar.uz» sayti ham shunday muammoga yo‘liqdi, ayni vaqtda bu sayt manzili vaqtincha o‘zgartirilgan.

Hozirda O‘zbekiston ichida saytlarga kirish muammosi yumshamagan, «Kun.uz» sayti hamon o‘quvchilar uchun yopiq qolmoqda. Shuningdek, «Xabar.uz», «Qalampir.uz» sayti vakillari ham yuzaga kelgan holatdan xavotirdaligini bildirdi. Texnik nosozlik deya e’tirof etilayotgan, aslida erkin jurnalistikani qo‘llab-quvvatlab, tanqidiy maqolalar e’lon qilishga jur’at etgan tahririyat saytlariga kirish yo‘llari to‘sib qo‘yildi.

«Kun.uz» ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida eng katta obunachilarga ega yangiliklar sayti bo‘lib, Google Analytics ma’lumotiga ko‘ra, bir kunda saytga o‘rtacha 400 mingga yaqin mushtariy tashrif buyuradi.

Asosan jamiyatdagi ijtimoiy mavzularni yoritib kelayotgan, ayni paytda umuman to‘siqlarga uchragan sayt jurnalistlari tezkor, aniq va xolis axborotni yetkazib berish mas’uliyatini zimmasiga olgan. O‘tgan vaqt mobaynida majburiy mehnat, korrupsiya, ta’lim, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, davlat organlari faoliyati, bank-moliya, qonunchilik, diniy-ma’rifiy, madaniyati sohasida erishilayotgan yutuq va kamchiliklar o‘quvchiga yetkazildi.

O‘tgan yillar davomida saytlar faoliyatiga turli shaklda to‘sqinliklar kuzatildi. Lekin sayt vakillari belgilangan etika qoidalardan chekinmay, o‘z kasbiga sadoqat bilan ishlashda davom etdi.

Sayt vakillari vaziyatni o‘rganish va ijobiy hal etish uchun O‘zbekiston axborot kommunikasiyalar va texnologiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmedxo‘jayev bilan bog‘lanishga harakat qilishlari besamar yakunlanmoqda.

Sayt mutasaddilari O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Komil Allamjonov bilan suhbatlashgach, davlat rahbarining Matbuot xizmati erkin jurnalistikani qo‘llab-quvvatlashini so‘ramoqda.

«Kun.uz» bayonotidan

«Xabar.uz» portali ijodiy guruhi rahbari Jamshid Niyozov tomonidan «Daryo» internet-nashri uchun berilgan izohda muammo saytlarning server qismida emas, balki «O‘zbektelekom» darajasida bo‘lishi mumkinligi aytildi (qayd etish joiz, «O‘zbektelekom» bu taxminlarni rad etib chiqdi).

18 iyundan buyon UZ domen zonasidagi ko‘plab saytlarning ochilishida muammolar kuzatilmoqda. Xususan, «Kun.uz», «Sof.uz», «Qalampir.uz» saytlari ochilmay qolganidan xabarim bor. Keyinchalik ular ishlab ketdi. Ammo hamkasblarimizdan surishtirganimizda, muammo nima sababga ko‘ra yuzaga kelganini bilishmasligi, bu borada mas’ul idoralar bir og‘iz ham izoh berishmaganini ma’lum qilishdi.

22 iyun kuni erta tongdan «Xabar.uz» axborot-tahliliy portaliga ham kirib bo‘lmay qoldi. Biz «Xabar.uz» serverlarini doimiy nazorat qilib boramiz, texnik mutaxassisimiz zudlik bilan serverni diagnostika qilib chiqishdi. Muammo serverlarda emas, muammo «O‘zbektelekom» DNS-serverlarida yoki kommutatorlarida. Bu bo‘yicha UZINFOCOM, «O‘zbektelekom» texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari bilan bog‘lanib, tayinli javob ololmadik. Ular: «Bilmaymiz, bu haqda ma’lumotga ega emasman», qabilidagi javoblar bilan o‘zlaridan javobgarlikni soqit qilishdi.

Biz O‘zbekistonda axborot saytlarining yoppasiga ishlamay qolayotganidan xavotirdamiz. Ayni paytda «Kun.uz» va «Xabar.uz» mutlaqo ishlamayapti. Bu jamoatchilik o‘rtasida tushunmovchiliklarga sabab bo‘lishini, sodir bo‘layotgan holatlar qaysidir idoralar tomonidan O‘zbekistondagi rasmiy ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘sqinlik qilinayotgani sifatida talqin qilinishi mumkinligini bildiramiz. Shu munosabat bilan UZINFOCOM markazi, «O‘zbektelekom» kompaniyasi va boshqa mutassaddi idoralardan yuzaga kelgan vaziyat haqida rasmiy bayonot berishlarini va muammolarning bartaraf etilishida amaliy yordam berishlarini so‘rab qolamiz.

Jamshid Niyozov, «Xabar.uz» portali ijodiy guruhi rahbari

Holat yuzasidan «Qalampir.uz» loyihasi rahbari Qamariddin Shayxov ham Facebook’dagi sahifasida xabar qoldirgan. E’tiborga molik tomoni, «Qalampir.uz» sayti O‘zbekiston hududidan ochilmayapti, biroq xorijdan ochilyapti (buni VPN orqali tekshirib ko‘rish ham mumkin).

21 iyun kuni bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ishtirok etib, bir olam taassurot bilan xabarlarni saytimiz orqali o‘quvchilarga yetkazish uchun ishxonaga yugurdim. Yarim yo‘lda «Qalampir.uz» saytiga kirib bo‘lmayotgani haqida xabar topdim. O‘shanda soat 11:30 edi...

Saytdan doimiy ravishda xabarlarni o‘qib borishga odatlangan o‘zbekistonliklar va xorijdagi ayrim foydalanuvchilardan saytdagi yangiliklar bilan tanishish imkoniyati cheklab qo‘yilgani haqida murojaatlar kelib tushdi. Gap shundaki, turli internet-provayderlar va aloqa kompaniyalari foydalanuvchilarining ayrimlari ushbu muammoga duch kelib, sayt materiallari bilan tanisholmayapti.

21 iyun kuni «Qalampir.uz» DNS-sozlamalari mahalliy Arsenal-D firmasi tomonga yo‘naltirildi. Bunday nosozlik UZ domen zonasidagi boshqa saytlar bilan ham yuz bermoqda. Masalan, bunday holat O‘zbekistondagi yetakchi yangiliklar saytlaridan biri «Kun.uz»da ham kuzatilmoqda.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Axborot kommunikasiyalar va texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi «nosozlikdan xabardor emas»ligini bildirdi. Shuningdek, UZINFOCOM markazi ham kuzatilayotgan muammolardan yiroq ekani ta’kidlandi. Bir necha kundirki, Milliy qidiruv tizimi —WWW.uz’da UZ domen zonasidagi barcha saytlarga tashrif buyuruvchilar soni keskin tushib ketgan. Bu vaziyatga ham rasmiy izoh berilmayapti.

Masalaning eng qiziq jihati shundaki, «Qalampir.uz» internet nashriga yopiq tizimdagi saytlarni ko‘rish uchun maxsus dasturlar, yashirin yo‘llar orqali kirish imkoniyati mavjud. Xo‘sh, qani mantiq? Bundan chiqdi, biz O‘zbekiston ichkarisida yopib qo‘yilgan sayt «maqomini» olyapmizmi? Mazkur masala yuzasidan «Qalampir.uz» O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligiga murojaat qildi. Rasmiylar bu borada amaliy yordam berishni va’da qildi. Biroq masalaga bevosita aloqador bo‘lgan UZINFOCOM markazi va O‘zbekiston Axborot kommunikasiyalar va texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi doimgidek masalaga panja ortidan qaramoqda. Boshqa saytlarning uzluksiz ishlab turishi esa kishida shubha uyg‘otadi.

O‘zbekistonning eng ommabop internet-nashrlari ayni damda qator texnik muammolariga yechim topolmay turibdi. Bu esa mamlakatning imidjiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniq. Eng achinarlisi, qaysi eshikni qoqishni bilmaymiz, kimga murojaat qilishimiz noma’lum.

Qamariddin Shayxov, «Qalampir.uz» loyihasi rahbari

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Husanovga jiddiy raqobatchi keladi

Франциялик ҳимоячи Ибраима Конате катта эҳтимол билан бу ёзда “Ливерпуль”ни тарк этади.

1 iyundan tariflar oshadi: oldindan to‘lov qilganlar 2 oy eski narxda to‘laydi

Табиий газнинг базавий нархи эса 1 куб метр учун 2 минг сўм этиб белгиланди.

Kanada - O‘zbekiston o‘yini soat nechada boshlanishi va qaysi kanal orqali translyasiya qilinishi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий жамоаси 1-июнь куни Канада терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади.

Kannavaro Husanovdan boshqacha o‘ynashni talab qildi!

2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро мундиал олдидан ютубдаги Markaziy Sektor каналининг махсус сони учун интервью берди.

O‘zbekistonda iyunda anomal issiq oqibatida harorat +47° gacha chiqadi

Ўзгидромет хабарига кўра, ёзнинг биринчи ойида ўртача кунлик ҳарорат +31°…+36° гача кўтарилади

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasidagi eng katta yo‘qotish qaysi futbolchi ekanini aytdi

Ўзбекистон миллий жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро «Марказий сектор» лойиҳасига берган интервюсида таркибдаги энг катта йўқотиш ҳақида гапирди.

Netanyaxu Quddusdagi shifoxonaga yotqizildi

Исроил бош вазири кеча тунда Қуддусдаги “Хадасса Эйн-Карим” шифохонасига стоматологик муолажа учун ётқизилди.

Jahon chempionatining eng qimmat terma jamoalari reytingi e’lon qilindi

2026 йилги мундиалда илк бор 48 та жамоа бош соврин учун кураш олиб боради.

Boks. Murodjon Ahmadaliyevning venesuelalik raqibiga qarshi jangi to‘rtinchi raundda yakunlandi

Тошкент шаҳрида йирик профессионал бокс оқшоми ўз ниҳоясига етди.

Shohjahon Ergashev: "Shahramning jangini ko‘rib, shuni tushundim-ki..."

Супер енгил вазн тоифасида IBF камари учун ўзбекистонлик собиқ даъвогар Шоҳжаҳон Эргашев WBA Regular камари учун жанг қилган ҳамюртимиз Шаҳрам Ғиёсов ҳақида гапирди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Olimlar xavotirda: Yer sekinlashmoqda

Ер сайёраси сўнгги 3,6 миллион йил ичида кузатилмаган даражада секинлашмоқда, деб хабар берди "BBC Science Focus".

Gvardiolaning “Manchester Siti”ni tark etishiga nima sabab bo‘lganini aytildi

“Манчестер Сити” клуби ярим ҳимоячиси Тижани Рейндерс жамоа бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг кутилмаганда истеъфога чиққани ва бу қарорнинг ортида турган асл сабаблар ҳақида гапирди.

"Kiyevga o‘lim hukmi chiqarildi"mi?

АҚШ Денгиз пиёдалари корпусининг собиқ разведка офицери ва ҳарбий таҳлилчи Скотт Риттернинг айтишича, Старобельскда содир этилган терактдан сўнг Владимир Зеленский ва Киев режимига мансуб бошқа амалдорлар учун жиддий хавф юзага келган.

Fabio Kannavaro: “O‘zbekiston terma jamoasidagi muhitdan zavq olyapman, ammo bosh maqsadim — Italiya boshqaruviga kelish”

2006 йилги Жаҳон чемпиони ва “Олтин тўп” соҳиби, айни пайтда Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи сифатида фаолият юритаётган Фабио Каннаваро фаолиятидаги энг катта мақсади ҳақида гапирди.

Yaponiya aholisi keskin qisqarib bormoqda

2025 йилги аҳоли рўйхати маълумотларига кўра, мамлакат аҳолиси сўнгги беш йил ичида 3,09 миллион нафарга камайиб, 123,05 миллион кишини ташкил этган.

Janubiy Afrikada ksenofobiya kuchaydi: G‘arbiy Afrika davlatlari fuqarolarini evakuasiya qilmoqda

Ғарбий Африка давлатлари ксенофобия ва зўравонлик ҳолатлари кучайгани сабабли ўз фуқароларини Жанубий Африка Республикасидан эвакуация қилишни бошлади.

PSJ g‘alabasidan keyin Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: qariyb 800 kishi hibsga olindi

Францияда «Пари Сен-Жермен» клубининг Чемпионлар лигаси финалидаги ғалабасидан сўнг юз берган тартибсизликларда қарийб 800 киши ҳибсга олинди, 200 дан ортиқ киши жароҳат олди.

Livan Isroil siyosatiga nisbatan keskin bayonot berdi

Ливан ҳукумати мамлакат жанубида кенг кўламли вайронагарчилик ва гуманитар инқирозга сабаб бўлган Исроил томонидан амалга оширилаётган ҳарбий ҳаракатларни тўхтатиш лозимлигини билдирди.

"Chegara bilmas shifokorlar": "Ebola virusi tobora xavfli tus olmoqda"

“Эбола иситмаси ўчоғи Итури провинциясида аниқлангани расман эълон қилинганига икки ҳафта бўлганига қарамай, вазият ҳанузгача ўта ташвишли бўлиб қолмоқда ва маҳаллий аҳоли ҳамда олдинги сафда фаолият юритаётган тиббиёт ходимлари учун жиддий хавотир манбаи ҳисобланади”, — дейилади ташкилотнинг расмий сайтида эълон қилинган баёнотда.

Murodjon Ahmadaliyevning raqibi rostdan ham "podarka"midi?

Хабарингиз бор, ҳамюртимиз Муроджон Аҳмадалиев навбатдаги жангини венесуэлалик Эгли Москедага қарши ўтказиб, нокаут эвазига ғалаба қозонди. Ижтимоий тармоқларда эса Москеда кучсиз, ҳеч ким танимайдиган боксчи эканлиги ҳақида турли "комментлар" тарқалди.

Suv nasosi ichiga yashirilgan narkotik modda fosh etildi

Аниқланишича, у интернет наркодўконда “омборчи” вазифасида ишлаган

"Dunyo haqiqatni bilishi kerak "

Россия ТИВ вакили терракт жойига келган хорижий журналистларнинг фикрларини ҳам келтирди

Toshkentda tokarlik sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга кўра, ёнғин соат 00:58 да қуршаб олинган ва соат 01:31 да ўчирилган.

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Яқинда Toshкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 275-сонли мактабда информатика ўқитувчиси ва ўқувчилар ўртасида содир бўлган воқеа ижтимоий тармоқларда катта баҳс-мунозараларга сабаб бўлган эди.

Chexiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.