O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar uchun 10 oyda 16,5 trln so‘m sarflagan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-oktyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 16,5 trln so‘mga yetdi.
📊 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 15,4 % ga oshgan. Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 2 % ni tashkil etgan.
📊 Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi:
Toshkent shahri – 7,7 trln so‘m
Toshkent viloyati – 1,6 trln so‘m
Samarqand viloyati – 1,2 trln so‘m
Farg‘ona viloyati – 1,1 trln so‘m
Namangan viloyati – 747,7 mlrd so‘m
Andijon viloyati – 739 mlrd so‘m
Buxoro viloyati – 640,1 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati – 612,8 mlrd so‘m
Xorazm viloyati – 557,8 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati – 416,8 mlrd so‘m
Jizzax viloyati – 398,8 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati – 293,1 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Resp. – 285,6 mlrd so‘m
Navoiy viloyati – 269 mlrd so‘m
