O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi emojidan foydalanishmoqda?

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi emojidan foydalanishmoqda?

«Quvonch ko‘z yoshlari yuzi» yoki «yig‘lab kulayotgan yuz» emojisi dunyo bo‘ylab 75 mamlakatda eng ko‘p ishlatiladigan emoji deya topildi. Bu haqda Crossword-Solver nashri ma’lum qildi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Eron, Ozarbayjon, Iroq, Turkiya, Yaman mamlakatlarida yashovchilar ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p «kulayotgan», Afg‘oniston, BAA, Oman, Iordaniya, Isroil, Livan, Suriya mamlakatlari aholisi esa qizil yurak emojilarini ishlatadi.

Shuningdek, Turkmaniston va Tojikiston aholisi o‘zining davlat bayrog‘i tasvirlangan emojidan eng ko‘p foydalansa, Qozog‘istonda pushti rangli yurak emojisi ommalashgan. Qirg‘iziston, Eron, Iroq, Turkiya ham «yig‘lab kulayotgan yuz» smayligini eng ko‘p ishlatishi ma’lum bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!