O‘zbekistonlik va rossiyalik olimlar koronavirusni radiasiya bilan yengmoqchi

O‘zbekistonlik va rossiyalik olimlar koronavirusni radiasiya bilan yengmoqchi

Ural federal universiteti (UrFU) mutaxassislari va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vakillari kam miqdordagi nurlanishlar COVID-19 va uning mutasiyalariga qarshi kurashda samarali bo‘lishi mumkinligi haqidagi to‘xtamga kelishdi.

UrFU professori Anatoliy Zasepin yangi tadqiqot borasida quyidagilarni gapirgan: ma’lum bo‘lishicha, olimlar hozirda ushbu mexanizmni o‘rganishning boshlang‘ich bosqichida turishibdi, ammo birinchi natijalar bu istiqbolli yo‘nalish ekanligini ko‘rsatgan.

Bunda gap nafaqat koronavirusga, balki boshqa turdagi viruslarga ham, xususan, OITSga qarshi kurashish haqida bormoqda.

Ta’kidlanishicha, radiasiyaning kichik dozalari viruslar uchun halokatli bo‘lib, sog‘lom hujayralar uchun ular deyarli hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi.

Hozirda olimlar davolash metodikasini ishlab chiqmoqdalar.

Ammo, bu vaqtda qator mutaxassislar bu usulning o‘ta xavfliligiga ishora qilib, koronavirusga qarshi radiasiyani qo‘llash imkoniyatini shubha ostiga olishmoqda.

Ayni vaqtda, ushbu sohada ishlarning rivojlanishi rossiyalik va o‘zbekistonlik mutaxassislarning yaqindan hamkorligini nazarda tutadi. Bunda muammoga tizimli yondashuv zarur, ya’ni mutaxassislarni jalb etish, nafaqat fiziklar, balki biolog va tibbiyot xodimlarining ham.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!