O‘zbekistonlik taniqli fotograf va jahon chempioni turmush qurishdi! (foto)

O‘zbekistonlik taniqli fotograf va jahon chempioni turmush qurishdi! (foto)

Toshkentda txekvondochi Dmitriy Shokin va fotograf Evelina Usmonovaning nikoh marosimi bo‘lib o‘tdi.Ikki yosh tantanali kechani «Crystal Garden» maskanida nishonladi. Kelin nikoh marosimida ikki xil obrazda namoyon bo‘ldi. Dmitriy va Evelinani tabriklash uchun kelganlar orasida taniqli sportchilar, og‘ir atletikachi Ruslan Nurudinov va boksyor Murodjon Ahmadaliyevni ko‘rish mumkin edi.Dmitriy Shokin 2014 yili Toshkent shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida oltin, Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo‘lib o‘tgan XVII yozgi Osiyo o‘yinlarida kumush medal sovrindori bo‘lgan. Dmitriy 2015 yil Rossiyaning Chelyabinsk shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, jahon chempionidek sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Dmitriy Shokin O‘zbekistonlik txekvondo ustalari orasida birinchi bo‘lib jahon chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritgan. Dmitriy Shokin joriy yil Indoneziyada bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida kumush medaliga sazovor bo‘lgan.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!