O‘zbekistonlik tadbirkor o‘zini AQSh sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni talab qilmoqda

O‘zbekistonlik tadbirkor o‘zini AQSh sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni talab qilmoqda

O‘zbekistonlik tadbirkor, Xalqaro boks federasiyasi rahbari  G‘ofur Rahimov o‘zining AQSh sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishini noqonuniy deb tan olinishini talab qilmoqda. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Rahimov AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish idorasini sudga berdi.

Tadbirkor sobiq SSSRdan chiqqan shaxslarning ehtimoliy jinoiy tashkiloti - «Bratskiy krug» faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinganligi sababli 2012 yilda ro‘yxatga kiritilgan.

Ammo 2017 yilda Moliya vazirligi Rahimovni jinoyat olamida nufuzli shaxslarning jinoiy tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Shu bilan birga, AQSh o‘z yurisdiksiyasida topishi mumkin bo‘lgan uning barcha mulki bloklab qo‘yildi.

«OFAC ro‘yxatida deyarli sakkiz yil davomida bo‘lish Rahimovga tuzatib bo‘lmaydigan moliyaviy va boshqa zararni keltirib chiqardi, bu davom etmoqda», - deyiladi da’vo arizasida.

2018 yildan beri u sanksiyalar to‘g‘risidagi qarorni asoslaydigan hujjatlarni OFACdan olishga harakat qilmoqda, biroq bi ish muvaffaqiyatli bo‘lmayapti.

Da’voga ko‘ra, Rahimov sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi qayta ko‘rib chiqilishi bo‘yicha muhim ma’lumot va huquqiy dalillarni taqdim etgan, ammo hanuzgacha batafsil xabarnoma olmagan.

Rahimovning advokatlari ma’lum qilishicha, Moliya vazirligining bunday harakatlari da’vogarning huquqlari va AQSh qonunlariga zid.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!