O‘zbekistonlik chavandoz jahon kubogi finalida

O‘zbekistonlik chavandoz jahon kubogi finalida

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon kubogi musobaqasida mamlakatimiz chavandozi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Mukofot jamg‘armasi 2,6 million yevroga teng mazkur musobaqaning konkur bahslarida hamyurtimiz, 22-raqam ostida harakat qilgan Nurjon Tuyakboyev «Kvintus» laqabli tulporida balandligi 160 santimetr bo‘lgan to‘siqlardan o‘tish yo‘nalishini muvaffaqiyatli yakunladi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 66.28 sekund tezlikda harakat qilgan sportchimiz finalga yo‘l olish uchun atigi ikkita to‘sinni tushirib yubordi, xolos.

Endi Nurjon Tuyakboyev uchinchi tartib raqami ostida jahon kubogi finalida musobaqaning birinchi raqamli chavandozi sifatida tasniflangan shvesiyalik Xenrik fon Ekkermanga qarshi bahsda g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Jahon kubogi bellashuvlari 20 aprelga qadar davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!