O‘zbekistonga sovuq kunlar kirib keldi. Is gazi va yong‘in xavfidan qanday himoyalanish kerak?

O‘zbekistonga sovuq kunlar kirib keldi. Is gazi va yong‘in xavfidan qanday himoyalanish kerak?

O‘zbekistonga sovuq kunlar kirib keldi, 11-13 dekabr kunlari havo harorati kechalari −20 darajagacha pasayadi.

Xonadonlarni isitishda o‘zingiz va oila a’zolaringizni is gazi hamda yong‘in xavfidan himoya qilish uchun quyidagilarga rioya qiling:

➖ nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang, standart talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning yo‘riqnomasidan foydalaning;

➖ isitish pechlari va ular dudburonlarining sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini ko‘zdan kechiring;

➖ gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

➖ xonani vaqti-vaqti bilan shamollatib turing;

➖ isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;

➖ gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlanglar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang;

➖ tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;

➖ isitish moslamalari yaqinida tez yonadigan buyumlarni saqlamang.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!