O‘zbekistondagi ziyoratgohlar ro‘yxati yagona milliy turistik axborot portaliga joylashtirildi

O‘zbekistondagi ziyoratgohlar ro‘yxati yagona milliy turistik axborot portaliga joylashtirildi

Xabar berilishicha, Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 2022-yil 1-sentyabrga qadar respublikadagi muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarning ro‘yxatini shakllantirish va “Uzbekistan.travel” yagona milliy turistik axborot portaliga joylashtirish vazifalari yuklatilgandi.

Shunga asosan, respublika hududlarining “chorlovchi nuqta”si sifatida turizm yo‘nalishlariga kiritish yuzasidan respublikadagi muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarning ro‘yxati shakllantirilib, ziyoratgohlar nomi, ob’ektning tashqi tomondan ko‘rinishi aks etgan suratlari, manzili hamda obekt to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlari “Uzbekistan.travel” yagona milliy turistik axborot portaliga joylashtirildi.

O‘zbekistondagi ziyoratgohlar ro‘yxati yagona milliy turistik axborot portaliga joylashtirildi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!