O‘zbekistondagi o‘rmon xo‘jaligi hududlarida jip-turlar tashkil etiladi

O‘zbekistondagi o‘rmon xo‘jaligi hududlarida jip-turlar tashkil etiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikasiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga ko‘ra, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi:

o‘rmon xo‘jaligi hududlarida jip-turlarni tashkil etish uchun tegishli infratuzilmani yaratish, shu jumladan, tadbirkorlik sub’ektlari murojaatlariga asosan jip-turlar marshruti bo‘yicha yo‘laklar tashkil etish, axborot-yo‘l ko‘rsatkichlarining o‘rnatilishi;

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi bilan birga o‘rmon xo‘jaliklari hududlarida jip-turlar tashkil etishga soddalashtirgan tarzda ruxsat berish tartibini ishlab chiqish va ularning tasdiqlanishini ta’minlashi lozim.

Qo‘mitaga buning uchun 2 oy muddat berilishi ko‘zda tutilgan.

Manba:  daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!