O‘zbekistondagi narkologiya dispanserida bemor ayovsiz kaltaklandi

O‘zbekistondagi narkologiya dispanserida bemor ayovsiz kaltaklandi

2018 yilning 9 sentyabr kuni Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi J.A. tan jarohati bilan RSHTYOIMning Jizzax viloyat filialiga yotqizilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida shu yil 24 avgust kuni J.A. viloyat Narkologiya dispanserida davolanayotgan vaqtida shu Narkologiya dispanseri sanitari J.J. uning bosh va yuz qismlariga qo‘li bilan urib, jarohat yetkazganligi aniqlangan.

Ko‘rilgan choralar natijasida J.J. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!