O‘zbekistondagi maktablarga “tashvish” tugmalari o‘rnatildi

O‘zbekistondagi maktablarga “tashvish” tugmalari o‘rnatildi

O‘zbekistondagi maktablarga “tashvish” tugmalari va videokuzatuv moslamalari o‘rnatildi. Bu haqda Milliy gvardiya qo‘mondoni general mayor Rustam Jo‘rayevning mamlakat aholisiga murojaatida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, maktablarda xavfsiz muhitni yaratish, o‘quvchilarga nisbatan jismoniy xavf-xatarlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida shahar-tuman markazlaridagi barcha ta’lim muassasalariga “tashvish” tugmalari va videokuzatuv moslamalari o‘rnatildi hamda Milliy gvardiya qo‘riqloviga olindi.

Kelgusida ham ta’lim muassasalarining qo‘riqlov tizimini takomillashtirish borasida “Xavfsiz ta’lim” konsepsiyasi joriy etilib, bu sohada keng ko‘lamli ishlar davom ettiriladi.

Shuningdek, viloyatlar markazlaridagi yirik bozorlar, istirohat bog‘lari va xiyobonlarning ma’muriyati bilan birgalikda ob’ektlarning asosiy kirish joylariga shaxsni yuzidan tanib oladigan videokameralarni o‘rnatish choralari ko‘riladi. Bozorlar, istirohat bog‘lari va xiyobonlardagi savdo ob’ektlari individual qo‘riqlash bo‘yicha signalizasiya vositalari hamda ular joylashgan hududlar “tashvish” tugmalari bilan bosqichma-bosqich jihozlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!