O‘zbekistondagi bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan “Dok-1 Maks” dorisini ishlab chiqaruvchi kompaniya lisenziyasi bekor qilindi

O‘zbekistondagi bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan “Dok-1 Maks” dorisini ishlab chiqaruvchi kompaniya lisenziyasi bekor qilindi

Hindiston hukumati O‘zbekistondagi bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan “Dok-1 Maks” dori vositasini ishlab chiqaruvchi "Marion Biotech" kompaniyasi lisenziyasini bekor qildi.

Rasmiylarga ko‘ra, Noida shahrida joylashgan "Marion Biotech" farmasevtika firmasining ishlab chiqarish lisenziyasi Uttar-Pradesh hukumati tomonidan bekor qilingan.

"Marion Biotech" kompaniyasining yo‘talga qarshi siropi "Dok-1" O‘zbekistonda 18 bolaning o‘limiga sabab bo‘ldi. O‘tgan yili dekabr oyida sodir bo‘lgan voqea sabab Hindistonda tergov boshlangan edi.

"Yanvar oyidan buyon firmaning lisenziyasi to‘xtatib qo‘yilgan edi. Shundan so‘ng batafsil surishtiruv boshlandi. Endi firma lisenziyasi bekor qilindi. Firma endi sirop ishlab chiqara olmaydi", dedi hukumat vakili.

3 mart kuni Noida polisiyasi tomonidan "Marion Biotech" kompaniyasining uch nafar xodimi hibsga olinib, ikki direktoriga qidiruv e’lon qilindi, dedi rasmiy.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Marion Biotech" dori vositalari namunalari hukumatning Chandigarhdagi mintaqaviy dori sinov laboratoriyasiga yuborilgan va ulardan 22 tasi "standart sifatga ega emas" (soxta) deb topilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!