O‘zbekistondagi 21 ta bino milliy madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekistondagi 21 ta bino milliy madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan 21 ta bino modernizm davri ob’ekti maqomini oldi va milliy madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatiga kiritildi.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 22 apreldagi “Moddiy madaniy meros ob’ektlarining milliy ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 227-son qarori qabul qilindi.

Birinchi bosqichda Davlat san’at muzeyi, «O‘zbekiston» va «Shodlik» mehmonxonalari, «Kosmonavtlar» metro bekati, Aviasiya ishlab chiqaruvchilar saroyi kabi 10 ta yangi ob’ekt ro‘yxatga kiritildi, 11 ta ob’ektning maqomi o‘zgartirildi.

Jamg‘arma, shuningdek, yuqorida qayd etilgan modernistik uslubdagi binolarni YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritish uchun nomzodnoma tayyorlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!