O‘zbekistonda yashirin tamaki bozori: hududiy nomutanosiblik va salmoqli byudjet yo‘qotishlari
Noqonuniy tamaki mahsuloti aylanmasi salmoqli byudjet yo‘qotishlariga va raqobat muhitining buzilishiga olib kelib, mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy tahdid uyg‘otadi.
2024 yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha noqonuniy tamaki mahsuloti aylanmasining ulushi 9,8 foizni tashkil qiladi, bu 2024 yil 10 oyi davomida 424,1 mlrd so‘mli taxminiy byudjet yo‘qotishlariga olib keldi. Biroq, hududiy ko‘rsatkichlar sezilarli farqlanadi. Farg‘ona vodiysi noqonuniy aylanmaning eng yuqori ulushini namoyish etmoqda (18,1%). Bunda Farg‘ona viloyati 17,4%, uning tumanlari esa – atigi 3,7%ni tashkil qiladi. Farg‘ona vodiysining ichida ham katta farq kuzatiladi: Qo‘qonda bu ko‘rsatkich 29,9%, Marg‘ilonda – 25,2% ni tashkil qilsa, Farg‘onada tumanida 11,8% darajasida.
Boshqa hududlarda ham shu kabi vaziyat kuzatiladi. Namangan viloyati (27,4%) va Namangan shahri (28,5%) ham yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Andijon viloyati (9,7%) va Andijon shahri (9,3%) nisbatan pastroq, Toshkent viloyatining ko‘rsatkichlariga yaqin (8,4%) natijalarga ega.
Navoiy viloyati (9,0%) va uning tumanlari (10,5%), shuningdek shaharlari (Navoiy shahri – 5,3%) o‘rtasidagi farqni qayd etish o‘rinli. Buxoro viloyatida ko‘rsatkichlar 6,2% dan (tumanlarda) 8,0% gacha (Buxoro sh.) o‘zgarsa, Qashqadaryo viloyatida 4,5% dan 5,7% gachani tashkil qiladi.
Surxondaryo viloyati eng past ko‘rsatkichlardan birini namoyish etmoqda (3,2%), holbuki uning tumanlarida 4,1% gacha chiqadi.
Samarqand (4,0%) va Sirdaryo (3,5%) viloyatlari past ko‘rsatkichlarga ega.
Jizzax viloyati noqonuniy aylanmaning katta darajasini namoyish etadi (14,5%), unda tumanlar (13,3%) va Jizzax shahri (15,3%) o‘rtasida farq kam. Xorazm viloyati (1,4%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (4,4%) mamlakatda eng past ko‘rsatkichlarga ega.
Toshkent shahri 7,8% darajasida noqonuniy aylanmani namoyish etmoqda, bu mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan past. Angren anchayin yuqori ko‘rsatkich (10,2%) ga ega bo‘lsa, Olmaliqda eng past ko‘rsatkichlardan birini ko‘ramiz (2,7%).
Ma’lumotlar tahlil noqonuniy tamaki mahsuloti aylanmasida salmoqli hududiy nomutanosiblikni ko‘rsatmoqda. Farg‘ona vodiysi, xususan Namangan viloyati mas’ul organlar tomonidan alohida e’tiborni talab qiluvchi eng katta xatar hududi bo‘lib qolmoqda.
Shaharlar va qishloq tumanlar ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farq, shuningdek alohida viloyatlar ichidagi ko‘rsatkichlarning turfa xilligi (masalan, Farg‘ona vodiysida) tadqiqotlarni davom ettirishni talab etadi.
Noqonuniy tamaki bozori tufayli yuzaga kelgan salmoqli byudjet yo‘qotishlari tamaki mahsulotlari kontrabandasi va noqonuniy savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha samarali choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish zarurligiga ishora qiladi.
O‘zbekistonda noqonuniy tamaki mahsuloti aylanmasi bilan bog‘liq vaziyat shoshilinch choralarni talab qiladi. Kurash strategiyasi kompleks bo‘lishi, chegaralarda nazoratni kuchaytirishni, kontrabandaga qarshi kurashishni, shuningdek qonuniy tamaki mahsulotini soliqqa tortishning samaradorligini oshirishni o‘z ichiga olishi lozim.
Qolaversa, bunday katta hududiy tafovutlar sababini chuqur o‘rganish va ayrim shaharlar hamda hududlarda noqonuniy bozorning gullab-yashnashiga xizmat qiluvchi omillarni aniqlash zarur.