O‘zbekistonda yana bir markaz tashkil etiladi

O‘zbekistonda yana bir markaz tashkil etiladi

O‘zbekistonda "O‘zbekkosmos" agentligi tizimida Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi. Bu haqda “O‘zbekkosmos” xabar berdi.

Ushbu markaz kosmik monitoring ishlarini amalga oshirish va davlat boshqaruv organlarini kosmik suratlar bilan ta’minlash, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy, ilm-fan, mudofaa va xavfsizlik sohalarida kosmik faoliyat natijalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida ishga tushiriladi.

Markaz quyidagi faoliyatni olib boradi:

- sun’iy yo‘ldosh apparatlari orqali Yerni masofadan zondlash, uning ma’lumotlarini qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish;

- kosmik sohaga oid xizmatlarni ko‘rsatish;

- kosmik sohaga ilmiy va innovasion texnologiyalarni keng jalb etish maqsadida mazkur sohadagi ilmiy va innovasion ishlarni amalga oshirish;

- kosmik va geoaxborot texnologiyalari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida iqtisodiyot tarmoqlari, mudofaa va xavfsizlik sohalari hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashish.

Qolaversa, markaz xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun Yerni masofadan zondlash ma’lumotlarini taqdim etish va kosmik sohaga oid boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!