O‘zbekistonda xorijga chiqish pasporti uchun to‘lov miqdorini kamaytirish taklifi beriladi

O‘zbekistonda xorijga chiqish pasporti uchun to‘lov miqdorini kamaytirish taklifi beriladi

Ichki ishlar vazirligi Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi rasmiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Kun.uz».

Ta’kidlanishicha, anjumanda xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish uchun to‘lov BHMning 120 foizi, ya’ni 267 ming so‘m ekani, bu ko‘plab fuqarolar uchun qimmatlik qilishi, to‘lovni kamaytirish imkoni bor-yo‘qligi to‘g‘risida savol berildi.

IIV Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshodbek Murodbekovning ma’lum qilishicha, boshqarma narxni pasaytirish uchun taklif kiritadi.

«Aytish joizki, narxlarni Ichki ishlar vazirligi belgilamaydi. Bu tegishli vazirlik, idoralar tomonidan ko‘rib chiqiladi, ishlab chiqarilayotgan hujjatlarning tannarxi, unga ketadigan mahsulotlarning hammasi hisob-kitob qilinadi. Shulardan kelib chiqqan holda narx belgilangan.

Biz bu masala bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda takliflar kiritamiz. Agarda ushbu takliflar inobatga olinib, narx kamaytirilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi», – dedi Murodbekov 12 yanvar kungi matbuot anjumanida.

O‘zbekiston fuqarolari 2021 yil 1 yanvardan boshlab faqat «qizil pasport» bilan chet elga chiqishi mumkinligi hamda Xorazmda «zagranpasport» olish uchun katta navbatlar Rossiyaga aviaqatnovlar tiklangani haqidagi mish-mishlar ortidan yuzaga kelgani haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!