Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari O‘zbekistonda CO2 emissiyasini baholab, mamlakatda uglerod neytralligiga erishishning 3 ta ssenariysini ishlab chiqdi.
Bular optimistik, bazaviy va pessimistik csenariylardir. Ularda CO2 ning hozirgi emissiyasi bilan bir qatorda kelajakdagi ehtimoliy ortishi (aholi sonining o‘sishi va tegishli xizmatlar va sanoat tarmoqlari hisobiga) ham inobatga olingan.
Ishlab chiqilgan ssenariylarning har biri CO2 emissiyasining turlicha yillik qisqarishini nazarda tutadi. Bunda vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradigan omillar ham hisobga olingan (muddat qancha uzoq davom etsa, demografik o‘sish va tegishli omillarning ta’siri shuncha katta bo‘ladi)
1. Optimistik ssenariy (2050-y.) - CO2 chiqindilarining yillik qisqarishi 5,9 million tonnani tashkil qilishi zarur.
2. Bazaviy ssenariy (2060-y.) – CO2 chiqindilarining yillik qisqarishi 4,8 million tonnani tashkil qilishi zarur.
3. Pessimistik ssenariy (2070-y.) - CO2 chiqindilarining yillik qisqarishi 4,2 million tonnani tashkil qilishi zarur.
Ushbu mezonlarni inobatga olgan holda,
O‘zbekiston uchun eng maqbul ssenariy 2060-yilgacha uglerod neytralligiga erishishni nazarda tutuvchi bazaviy ssenariy hisoblanadi. Ushbu ssenariy muvozanatli siyosat va mamlakatning “yashil” rivojlanishga silliq o‘tishiga asoslanadi, shuningdek, CO2 emissiyasini yiliga 4,8 million tonnaga (3,1 million tonna sof pasayish va 1,7 million tonna qo‘shimcha talab) kamaytirishni nazarda tutadi.
Bundan tashqari, bazaviy ssenariy, boshqa ssenariylar singari, asosiy shartlar - mamlakatda qabul qilingan muhim strategik hujjatlar (masalan, O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash dasturi) va ularda ko‘rsatilgan maqsadlar, shuningdek, muqaddam boshqa idoralar tomonidan uglerod neytralligiga erishish bo‘yicha ishlab chiqilgan reja va prognozlarga asoslanadi.
Shu bilan bir qatorda, bazaviy ssenariy eng maqbul variant hisoblanadi va bir qator boshqa mamlakatlardagi o‘xshash ko‘rsatkichlarga mos keladi. Dunyoning bir qator mamlakatlari (masalan, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Qozog‘iston) 2050-2060 yillargacha bo‘lgan davrni uglerod neytralligiga erishishning oxirgi muddati sifatida belgilagan.
Ushbu materialning to‘liq matni bilan tanishib chiqishingiz va uni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflaringizni joriy yilning 15-oktyabriga qadar o.nazarov@imrs.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.
Исроил Суриядаги айирмачи кучлар орқали мамлакатни бўлиб ташлашга уринмоқда. Бу ҳақда Сурия ахборот вазири Ҳамза ал-Мустафо Туркиянинг “Anadolu” ахборот агентлигига берган интервьюсида маълум қилган.
Болани ерда маҳаллий аҳоли вакили топиб олиб, тез ёрдам чақирган. Ҳодиса жиддийлигига қарамай, бола ҳушини йўқотмаган. Унинг қўли синган, умуртқа поғонаси чўзилган
Маълум қилинишича, аёл давлат чегараси чизиғидан 80 метр масофада, чегара ҳудудида ноқонуний равишда бўлиб, Қозоғистон ва Россия чегарасини расмий ўтиш пунктларидан ташқарида кесиб ўтмоқчи бўлган.
1 августдан бошлаб АҚШ президенти Доналд Трамп Жанубий Корея ва Ҳиндистондан олиб кириладиган маҳсулотларга янги бож тўловлари жорий этилишини эълон қилди. Унда икки давлатга турлича ёндашув намоён бўлди.