O‘zbekistonda tashkilotlar xodimlarida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha 738,4 mlrd so‘m qarzdorlik mavjud ekani ma’lum bo‘ldi.
Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer solig‘i soliq davri uchun 15 aprel va 15 oktyabrga qadar teng ulushlarda to‘lanishi lozim. Ammo korxona va tashkilotlarda ishlovchi daromad manbaiga ega bo‘lgan ishchi-xodimlarning hammasi ham mol-mulk va yer soliqlari to‘lovini belgilangan muddatda amalga oshirmasdan kelayotgani aytildi.
Jumladan, 2024 yil 18 aprel holatiga 243 256 tashkilotning 1,1 mln nafardan ziyod xodimida 1,4 mln soliq ob’ekti bo‘yicha 738,4 mlrd so‘m (mol-mulk solig‘i — 400,7 mlrd so‘m, yer solig‘i — 337,7 mlrd so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.
Shundan:
146,6 mlrd so‘m — byudjet tashkilotlari xodimlari;
23,2 mlrd so‘m — nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;
568,6 mlrd so‘m — tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Tijorat tashkilotlari xodimlarining mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorligi (sohalar kesimida):
sanoat sohasidagi 29,9 mingta tashkilotda ishlovchi 225,4 ming nafar xodimning soliq qarzi — 133,8 mlrd so‘m;
savdo sohasidagi 61,9 mingta tashkilotda ishlovchi 110,7 ming nafar xodimning soliq qarzi — 116 mlrd so‘m;
qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasidagi 64,8 mingta tashkilotda ishlovchi 115,1 ming nafar xodimning soliq qarzi — 107,5 mlrd so‘m;
qurilish sohasidagi 14,6 mingta tashkilotda ishlovchi 77,1 ming nafar xodimning soliq qarzi — 65,3 mlrd so‘m;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi 13,7 mingta tashkilotda ishlovchi 26,7 ming nafar xodimning soliq qarzi — 30,5 mlrd so‘m;
tashish va saqlash sohasidagi 7,8 mingta tashkilotda ishlovchi 42,7 ming nafar xodimning soliq qarzi — 25,6 mlrd so‘m;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi 5,8 mingta tashkilotda ishlovchi 14,8 ming nafar xodimning soliq qarzi — 11 mlrd so‘m;
axborot va aloqa sohasidagi 3,1 mingta tashkilotda ishlovchi 14,4 ming nafar xodimning soliq qarzi — 7,9 mlrd so‘m;
boshqa faoliyat turlari sohasidagi 24,2 mingta tashkilotda ishlovchi 94,2 ming nafar xodimning soliq qarzi — 71 mlrd so‘m.
Xodimlarida soliq qarzi ko‘p bo‘lgan tashkilotlar top-3 ligi:
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 8,1 mlrd so‘m;
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ — 8 mlrd so‘m;
“Hududgazta’minot” AJ — 6,3 mlrd so‘m.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.
Терговга қадар текширув давомида аниқланишича, жорий йилнинг февраль ойида ички ишлар органлари томонидан МЧЖ билан боғлиқ фирибгарлик ҳолати бўйича жиноят иши қўзғатишни рад этиш тўғрисида қарор қабул қилинган
Айни дамда ҳолат Сурхондарё вилояти Экология бош бошқармаси Экополиция ходимларидан иборат ишчи гуруҳ томонидан ва бошқа тегишли ташкилотлар билан бирга воқеа жойига чиққан ҳолда ўрганилмоқда.
Дональд Трамп Италия ва Испаниядан норози эканини билдириб, ушбу давлатлардаги АҚШ ҳарбий контингентини олиб чиқиш масаласини кўриб чиқиш билан таҳдид қилди.
Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.
2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.
Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.