O‘zbekistonda tamaki mahsulotlari tarkibiga oid talablar belgilandi

O‘zbekistonda tamaki mahsulotlari tarkibiga oid talablar belgilandi

“Tamaki mahsulotlari uchun texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma saytiga tayanib, Daryo nashri xabar qilmoqda.

Hujjat bilan tamaki mahsulotlari uchun texnik reglament tasdiqlandi. U 2025 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi. Texnik reglament:

  • eksport qilishga yoki respublika hududi orqali tranzit uchun mo‘ljallangan;
  • yuridik shaxslar tomonidan ko‘rgazmali namunalar, sinovlar uchun namunalar sifatida sotish maqsadisiz olib kirilgan;
  • jismoniy shaxslar, jumladan, chet el fuqarolari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish va keyinchalik sotish maqsadisiz olib kirilgan tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Texnik reglament:

  • xom ashyo va ingrediyentlar;
  • tashish va saqlash;
  • ishlab chiqarish;
  • qadoqlash;
  • tibbiy ogohlantirishlarga talablarni belgilaydi.

Hujjat tamaki mahsulotlari uchun kimyoviy va mikrobiologik moddalar miqdorining yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori darajalarini belgilaydi. Shuningdek, tamaki mahsulotlarining o‘ramida joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirishlar namunalari tasdiqlanmoqda.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 21 maydan kuchga kirdi.

Aprel o‘rtalarida O‘zbekistonga elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlarini olib kirish, realizasiya qilish va ishlab chiqarishni taqiqlash, ushbu harakatlar uchun javobgarlikni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!