O‘zbekistonda sobiq Ittifoq davlatlari orasida eng yuqori inflyasiya qayd etildi

O‘zbekistonda sobiq Ittifoq davlatlari orasida eng yuqori inflyasiya qayd etildi

O‘zbekiston 2019 yil birinchi yarmida inflyasiya eng yuqori Sobiq Ittifoq davlatlari ro‘yxatini boshqardi. Bu vaqt mobaynida mamlakatda narxlar 8,2 foizga o‘sgan.

Mazkur ro‘yxat beshligiga, shuningdek, Tojikiston (5,8 foiz), Moldova (4 foiz), Gruziya (3,1 foiz) va Qozog‘iston (3 foiz) ham kirdi. Yanvardan avgustgacha iste’mol narxlari o‘sishi 2,9 foizga teng bo‘lgan Belarus reytingda 6-o‘rinni egalladi. Ukrainada inflyasiya 2,7, Estoniyada 2,6, Rossiyada 2,4 foizni tashkil qildi.

Ushbu ro‘yxatdan faqat Armaniston ajralib qoldi: mamlakatda 2019 yilning 6 oyi davomida inflyasiya emas, aksincha, deflyasiya kuzatildi — 0,3 foiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!