O‘zbekistonda “Quyoshli mahalla” tanlovi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda “Quyoshli mahalla” tanlovi o‘tkaziladi

O‘zbekiston bo‘ylab “Quyoshli xonadon” nomli yirik dastur ishga tushmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mamlakat Vazirlar mahkamasining 2023 yil 14 martdagi farmoyishi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 2023 yilda respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.

Ushbu dastur asosida O‘zbekiston hududlarida 36,6 mingta aholi xonadonlarida umumiy kuvvati 182,1 MVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatiladi.

Shuningdek, dastur doirasida quyosh panellarini o‘rnatish va undan foydalanishni jadallashtirish hamda ushbu ishlarni rag‘batlantirish maqsadida “Quyoshli mahalla” tanlovini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

“Quyoshli mahalla” tanlovi g‘oliblari quyidagi tartibda mukofotlanadi:

  • respublika bo‘yicha bosh sovrin - bazaviy hisoblash mikdorining 1 200 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi elektromobil.

Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining har biri bo‘yicha:

  • 1-o‘rin - BHMning 400 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 10 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimi o‘rnatib beriladi;
  • 2-o‘rin - BHMning 200 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 5 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimi o‘rnatib beriladi;
  • 3-o‘rin - BHMning 100 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 3 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimi o‘rnatib beriladi.

Tanlov 15 martdan 1 iyunga qadar o‘tkaziladi. U Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, mahalla (qishloq, ovul) fuqarolari yig‘inlari miqyosida o‘tkaziladi hamda 14 ta hududning har biri bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!