O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash: tizimli islohotlar va zamonaviy yondashuvlar

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash: tizimli islohotlar va zamonaviy yondashuvlar

Ta’kidlash lozimki, korrupsiya zamonaviy jamiyatlar uchun eng dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolardan biridir. Korrupsiya davlat boshqaruvi samaradorligini izdan chiqaradi, iqtisodiy taraqqiyotga to‘siq bo‘ladi, eng muhimi, jamiyatning davlatga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq, 2004 yildan boshlab “9 dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlab kelinmoqda. O‘zbekiston ham ushbu global jarayonning faol ishtirokchisi bo‘lib, mustaqillikning so‘nggi yillaridan boshlab korrupsiyaga qarshi siyosatni davlat boshqaruvining ustuvor yo‘nalishiga aylantirdi. Mamlakatimizda ushbu illatni bartaraf etish, uning ildizini chuqurdan kesish va profilaktika mexanizmlarini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar dolzarb mavzu hisoblanadi.

So‘nggi yillarda mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash alohida siyosiy yo‘nalish sifatida shakllantirilib, kompleks yondashuv asosida keng ko‘lamli chora-tadbirlar joriy etildi. Avvalo, korrupsiyaga qarshi kurashning institusional asoslari mustahkamlandi. Mamlakatda maxsus vakolatli tuzilma (O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi) tashkil etilib, ular korrupsion xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, ularni bartaraf etish bo‘yicha davlat idoralariga metodik va tashkiliy ko‘mak berish, shuningdek, monitoring va tahlil olib borish bilan shug‘ullanmoqda. Bunday institutlar mavjudligi korrupsiyaga qarshi siyosatni bir martalik aksiyalar emas, balki davlat boshqaruvining uzviy qismiga aylantirishga imkon berdi.

Shu bilan birga, huquqiy baza modernizasiya qilindi. Davlat xizmatini tashkil etish, manfaatlar to‘qnashuvi, davlat xaridlari, davlat mulkidan foydalanish, qurilish va yer ajratish kabi korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha yangi tartiblar joriy etildi. Eng muhimi, bu tartiblarning asosiy maqsadi – jazolash emas, balki oldini olish, ya’ni korrupsion holatga olib keluvchi omillarni boshidan bartaraf etishdir.

Korrupsiyaning asosiy ildizi – yopiq boshqaruvdir. Shu sababli O‘zbekistonda keng miqyosda raqamli boshqaruv tizimlari joriy etilmoqda. Davlat xizmatlarining elektronlashtirilishi, onlayn lisenziyalash, masofadan turib murojaat qilish imkoniyatlari, elektron davlat xaridlari tizimining kengayishi – bularning barchasi inson omilini kamaytirish orqali korrupsiyaviy xavfni sezilarli ravishda pasaytiradi. Raqamli tizimlar ochiqlik, izchillik va hisobotlilikni ta’minlab, har bir harakatning izini qoldiradi, bu esa nafaqat nazoratni osonlashtiradi, balki fuqarolar uchun ham qulaylik yaratadi.

Yana bir muhim yo‘nalish – davlat organlarida halollik madaniyatini shakllantirish. Bugungi kunda ko‘plab idoralarda halollik, ichki kasbiy etika, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha amaliy choralar ishlab chiqilmoqda. Xodimlar uchun muntazam treninglar, o‘quv dasturlari, tadbirkorlar va jamoatchilik bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda. Bu jarayonlarning barchasi korrupsiyani faqat tashqi nazorat orqali emas, balki ichki madaniyat orqali ham kamaytirish mumkinligini anglatadi.

Jamoatchilik nazorati ham korrupsiyaga qarshi siyosatning ajralmas qismiga aylandi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyati, fuqarolik jamiyati tashkilotlari ishtiroki, ochiq ma’lumotlar portallari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tizimlarining yaxshilanishi – bular davlat boshqaruvida oshkoralikni oshirib, jamiyatdagi norozilik yoki muammolarni tezda aniqlashiga imkon bermoqda. Davlat siyosati endi “yopiq eshiklar ortida” emas, balki jamoatchilik bilan hamkorlikda shakllanmoqda.

Bundan tashqari, shuni ham alohida qayd etishimiz lozimki, so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashda jazoga muqobil mexanizmlar – profilaktika, tahlil va ta’lim ustuvorlik kasb etdi. Korrupsiyaning ildiz sabablarini aniqlash, korrupsion holatlarga yo‘l ochuvchi jarayonlarni qayta ko‘rib chiqish, xodimlarga o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, bolalar va yoshlar o‘rtasida halollik tamoyillarini targ‘ib qilish – bu uzoq muddatli, lekin barqaror natija beruvchi strategik yondashuvdir.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash bir necha yo‘nalishda – institusional islohotlar, huquqiy mexanizmlarni yangilash, raqamlashtirish, davlat xizmatlarining shaffofligini oshirish va halollik madaniyatini rivojlantirish orqali izchil amalga oshirilmoqda. Bu yo‘nalishlarning uyg‘unligi korrupsiya bilan kurashni faqat jazolash tizimi emas, balki keng qamrovli ijtimoiy davlat strategiyasiga aylantirmoqda.

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan aytish mumkinki, O‘zbekistonda korrupsiya endi “yopiq mavzu” emas, balki davlat, jamiyat va fuqarolarning hamkorligi orqali unga qarshi kurash barqaror va tizimli jarayonga aylangan.

Qahramon Mirsafayev,

Toshkent shahar sudi sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

"Manchester Siti" ham Abduqodir Husanovga murojaat qildi

"Манчестер Сити" ижтимоий тармоқларда янги пост қолдирди.

Eron oliy rahbari televideniye orqali murojaat qiladi

Али Хоминаий яқин соатларда телевидение орқали халққа мурожаат қилиши кутилмоқда.

Galibaf: “Eronning javobi shunchalik dahshatli bo‘ladiki, ular yolvorib uzr so‘rashadi”

Эрон парламенти спикери АҚШ ва Исроилга “вайронкор жавоб” билан таҳдид қилди.

Ronaldu o‘z maqsadiga erishdi

Криштиану Роналду яқинда клуб бошқарувидан норозилигини билдириб, "Ан-Наср"нинг бир нечта ўйинига бойкот эълон қилган эди.

Eron nega arab davlatlariga zarba bermoqda?

Кўпчилик нега эронликлар Форс кўрфазидаги араб монархиялари ҳудудларига зарба бераётганини тушунмаяпти. Ахир улар яширинча Эрон нефтини сотишда ёрдам берган, тинчлик тарафдори бўлган, гўёки бевосита алоқаси йўқ эди, деган фикр бор.

Tojikistonda “taxt” tranzitiga tayyorgarlik boshlandimi?

Тожикистонда эҳтимолий “тахт” транзити ҳақидаги гап-сўзлар яна кучайди.

Eron oliy rahbariga uyushtirilgan hujum qanday tayyorlangan edi?

АҚШ Марказий разведка бошқармаси Эрон олий раҳбари Али Хоманаий вафот этишидан олдин бир неча ой давомида уни кузатиб борган.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

AQShda “asrning eng ijobiy burilishi” yuz berdi

Мазкур чиқиш Россия босқинининг тўрт йиллиги санасига тўғри келган бўлса ҳам Украинадаги уруш қисқача тилга олинди.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

“An-Nasr” Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Birinchi xaridor aniq

Саудия Арабистонининг “Ан-Наср” клуби раҳбарияти мамлакат Профессионал лигасининг энг машҳур юлдузи Криштиану Роналду билан хайрлашишга тайёр.

Imomali Rahmon vafot etdi(mi)?

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.

Qoraqalpog‘istondagi “Borsakelmas” qo‘riqxonasi fotoqopqoniga qoraquloq muhrlandi

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси тасарруфидаги “Борсакелмас” давлат буюртма қўриқхонасида ўрнатилган фотоқопқонларга қорақулоқ муҳрланди.

Er yuzidagi sovuqlik rekordi qayd etildi

"Восток" станциясидаги олимлар 15 февраль санаси учун Ер юзасидаги энг паст ҳароратни қайд этишди.

AQSh va Isroil Xomanaiyning joylashuvini qanday aniqladi?

Эрон олий раҳбари оятуллоҳ Али Хоманаий ҳалок бўлган ҳужум одатдагидек тун ярмида эмас, балки эрталаб содир этилган.

Xitoy qanday yo‘l tutadi?

Пекин Яқин Шарқда тинчлик ва барқарорликни сақлаш учун барча саъй-ҳаракатларни қўллашга чақирмоқда.

Turkiya qasos sifatida AQSh harbiy bazasiga zarba berdimi?

Бу ҳақда Туркия аксил-дезинформация маркази баёнот берди.

London Ukrainadan yordam so‘radi

Британия ҳукумати раҳбарининг сўзларига кўра, Лондон АҚШга Эронга қарши амалиётлардa Британия базаларидан фойдаланишга рухсат берган

Eron muzokaraga rozi bo‘ldimi?

АҚШ президенти бу ҳақда The Atlantic нашрига берган интервюсида айтди.

Larijoniy: Eron uzoq muddatli urushga tayyor

Бу ҳақда Tasnim News Agency хабар берди.

Ispaniya AQShga Eronga qarshi bazalarini berishdan voz kechdi

Бу ҳақда Хосе Мануэл Албарес ва Мария Хесус Монтэро 2 март куни El Periodico нашрига маълум қилган.

Tramp AQSh Eron­ hududida quruqlikdagi amaliyot boshlashni istisno etmadi

"АҚШ Эронга қарши кенг қамровли уруш бошлаши эҳтимоли бор, мен уларнинг ҳудудига қуруқлик қўшинларини юборишим мумкин, буни истисно қилмайман", — деди АҚШ президенти.

Eron oliy rahbarining o‘ldirilishi dunyo miqyosida zo‘ravonlikka yo‘l ochadigan xavfli burilish bo‘ldi

Бундай фикрни Эроннинг Россиядаги элчиси Козим Жалолий билдирди.

48 soat ichida 60 ta strategik nishon va 500 ta ob’ektga zarba berildi

Islamic Revolutionary Guard Corps (ИИҚК) маълум қилишича, Эрон сўнгги 48 соат ичида АҚШ ва Исроилга қарашли 60 та стратегик нишон ҳамда 500 та ҳарбий объектга ҳужум қилган.

Medvedev: Eron to‘qnashuvga bardosh bera oladi, ammo narxi yuqori bo‘ladi

У бу ҳақда 2 март куни TASSга берган шарҳида маълум қилди.

Tramp: AQSh hali Eronga yirik zarbalarni boshlamagan

Бу ҳақда CNN 2 март куни хабар берди.

Makron Fransiyaning yadroviy kallaklari sonini oshirishni buyurdi

Франция президенти Эммануэл Макрон 2026 йилда мамлакат янги гипертовушли ракеталарни ишлаб чиқиш дастурини ишга туширишини эълон қилди. Лойиҳа Буюк Британия ва Германия билан биргаликда амалга оширилиши режалаштирилган.

DXX: Toshkentdagi narkolaboratoriyadan yirik miqdorda giyohvand moddalar chiqdi

Тошкент шаҳрида аниқланган нарколабораториядан катта миқдорда гиёҳванд моддалар ва прекурсорлар олинди.

Netanyaxu hujumlardan omon qoldi

Бинямин Нетаньяху офисига қилинган ҳужумлардан омон қолгани маълум бўлди.

Agar Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini atigi bir oyga to‘sib qo‘ysa, YEIda gaz narxi 130%ga oshishi mumkin

Бу ҳақда “Goldman Sachs” инвестиция банки маълум қилди.

AQSh va Isroil hujumlari oqibatida Erondagi maktabning 170 nafar o‘quvchi va pedagog hodimi halok bo‘ldi

Бу ҳужумдан олдин, Минаб шаҳридаги қизлар мактабига қилинган ҳужум оқибатида 40 нафар ўқувчи ҳалок бўлгани маълум қилинган эди.

Hizbulloh Isroilga raketa va dronlar bilan hujum qildi

Ҳизбуллоҳ Ливан давлатини эмас, Эрон режимини танлади ва тинч аҳолимизга ҳужум қилди.

Prokuratura xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Тошкент вилояти прокуратурасининг девонхона нозири 276 млн сўмлик жаримани ваколатли танишлари орқали бартараф этиб бериш ва унга нисбатан чора кўрилмаслигини таъминлаш эвазига 9 минг АҚШ доллари талаб қилган.

Eron janubidagi fojia: Qizlar maktabiga berilgan zarba qurbonlari 165 nafarga yetdi

Бу ҳақда маҳаллий ҳукуматга таяниб "Fars" агентлиги хабар берди.

Netanyaxu Eronga qarshi zarbalarni kuchaytirishini bildirdi

Исроил бош вазири Бинямин Нетаняху Эронга қарши ҳужумлар янада кучайтирилишини маълум қилди. Бу ҳақда у ўзининг «Х» (собиқ Twitter) саҳифасида ёзган.

Tramp: Eron ikki hafta ichida yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin edi

Унинг айтишича, айнан шу сабабли АҚШ Эронга қарши ҳужум уюштирган.

Yaqin Sharqda logistika izdan chiqmoqda

Бу ҳақда Bloomberg хабар берди.

Isroil armiyasi 100 ming zaxirachini jalb etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Исроил армияси — Israel Defense Forces — Эронга қарши «Арслон нидоси» операцияси доирасида тахминан 100 минг нафар захирачи ҳарбийни қабул қилишга тайёргарлик кўрмоқда.

AQSh va Isroil rahbarlari Eron masalasida keskin bayonotlar berdi

АҚШ президенти Доналд Трамп Эронга қарши операция «режадан олдинда» кетаётганини билдириб, «48 нафар етакчи бир зумда йўқ қилинди. Бу жуда тез содир бўлди», деди.