Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirus tashxisi bilan davolanayotgan bemorlarning ayni vaqtdagi holati haqida ma’lumot berdi.
«Koronavirus bilan og‘riganlarning barchasi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutida davolanmoqda. Ularning salomatlik bo‘yicha ko‘rsatkichlari doimiy nazoratga olingan.
Hozirgi paytda jami 60 nafar bemorning 13 nafarida koronavirus infeksiyasi tufayli yuzaga kelgan pnevmoniya (zotiljam — o‘pka yallig‘lanishi)belgilari paydo bo‘lgan, tashxis rentgen tekshiruvi yordamida tasdiqlangan. Mana shu bemorlardan 4 nafarining ahvoli davolovchi mutaxassislar tomonidan og‘ir deb baholanmoqda. Ammo unutmasligimiz kerakki, tibbiyotda og‘ir va o‘ta og‘ir holat keskin farq qiladi», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mutaxassis buyrak transplantasiyasi qilingan bemorlarning koronavirusga chalinish ehtimoli qay darajada bo‘lishi to‘g‘risidagi savolga ham javob qaytardi.
«Nafaqat buyrak transplantasiyasi jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan shaxslar, balki boshqa surunkali somatik kasalliklarga chalingan aholi ham xavfli guruhga kiradi. Demak, biz ularni kasallanib qolishdan himoya qilishimiz kerak. Har qanday holatda ham kasallikka erta tashxis qo‘yilib, asoratlar yuzaga kelmasdan turib davolash muolajalari boshlansa, jiddiy asoratlarsiz davolab yuborish imkoniyati saqlanib qoladi va mavjud», dedi u AOKAda tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifing chog‘ida.
Nurmat Otabekov kasallikning onadan homilaga o‘tishi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmaganini bildirgan.
«Mavjud tibbiyot adabiyotlarda koronavirus infeksiyasini onadan homilaga o‘tganini tasdiqlovchi ma’lumotlar yo‘q», dedi u.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Интернет ижтимоий тармоқларида Бешариқ туманида “ёввойи” кимса пайдо бўлгани ва аёллар, болaларга ташланиб қолаётганлиги ҳақида тарқалган хабар Фарғона вилояти ИИБ томонидан ўрганиб чиқилди.
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.
Исроил Суриядаги айирмачи кучлар орқали мамлакатни бўлиб ташлашга уринмоқда. Бу ҳақда Сурия ахборот вазири Ҳамза ал-Мустафо Туркиянинг “Anadolu” ахборот агентлигига берган интервьюсида маълум қилган.
Болани ерда маҳаллий аҳоли вакили топиб олиб, тез ёрдам чақирган. Ҳодиса жиддийлигига қарамай, бола ҳушини йўқотмаган. Унинг қўли синган, умуртқа поғонаси чўзилган
Маълум қилинишича, аёл давлат чегараси чизиғидан 80 метр масофада, чегара ҳудудида ноқонуний равишда бўлиб, Қозоғистон ва Россия чегарасини расмий ўтиш пунктларидан ташқарида кесиб ўтмоқчи бўлган.
1 августдан бошлаб АҚШ президенти Доналд Трамп Жанубий Корея ва Ҳиндистондан олиб кириладиган маҳсулотларга янги бож тўловлари жорий этилишини эълон қилди. Унда икки давлатга турлича ёндашув намоён бўлди.