O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 12206 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 12206 nafarga yetdi

2020 yil 11 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12206 (+179) nafarni tashkil etmoqda, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
Yangi kasallanish holatlarining 126 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 30 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 14 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida), 9 nafar Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 7530 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 4621 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 43 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!