Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida joylashgan 14-asrga oid «Langar ota» masjidi AQSh Elchilari Madaniy meros muhofazasi jamg‘armasi (AFCP) tomonidan ajratilgan 250 ming AQSh dollarga teng ta’mirlash loyihasi natijasida qayta tiklandi va foydalanishga topshirildi.
«Madaniy meros ob’ektlarini qayta tiklash va asrab-avaylash borasida AQSh hukumati va Elchi janoblari bilan hamkorlikda qator xayrli ishlarni amalga oshirib kelmoqdamiz. Bundan tashqari bir necha yillardan beri usta restavratorlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha hamkorlikda qator amaliy mahorat darslari ham tashkil etildi. Ikkala mamlakat o‘rtasidagi madaniy merosni himoya qilish yo‘nalishidagi hamkorlik munosabatlarini kelgusida ham yanada mustahkamlagan holda rivojlantirib boramiz», – deya ta’kidladi Madaniy meros agentligi direktori Bahodir Abdukarimov ochilish marosimidagi nutqida.
2023 yilning kuz oylarida boshlangan restavrasiya loyihasi majmuaning takrorlanmas koshinlarini asliday yangilash va masjidning nurab qolgan tom qismini o‘zgartirish ishlarini o‘z ichiga oldi. Shuningdek, amerikalik diplomat o‘z bayonotida O‘zbekistonning ajoyib va betakror madaniy merosini asrab-avaylashga o‘z hissasini qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lganidan mamnun ekanligini qayd etdi. Tadbir ishtirokchilari qayta tiklangan masjidni ko‘zdan kechirishdi va «Shahrisabz» davlat muzey-qo‘riqxonasiga tashrif buyurib, bir qancha madaniy meros obektlarini tomosha qilishdi.
Ma’lumot uchun, AQSh Elchilari madaniy meros muhofazasi jamg‘armasi 2001 yilda AQSh Kongressi tomonidan ta’sis etilgan. AQSh Davlat departamenti tomonidan boshqariladigan AFCP jamg‘armasi butun dunyo bo‘ylab tarixiy obektlar, qo‘lyozmalar va madaniy an’analarni saqlashni qo‘llab-quvvatlab keladi. O‘zbekistonda AQSh hukumati hozirgacha umumiy qiymati 2,5 million AQSh dollarga teng bo‘lgan 15 ta loyihani moliyalashtirgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.
Мексика президенти Клаудия Шейнбаум видеомурожаатида минтақадаги барча тадбирлар тўхтатилганини таъкидлади ва аҳолини уйда ёки бошпаналарда қолишга чақирди.