O‘zbekistonda ishlaydigan ayollar maoshi erkaklar ish haqining 61 foizini tashkil etadi – Jahon banki

A A A
O‘zbekistonda ishlaydigan ayollar maoshi erkaklar ish haqining 61 foizini tashkil etadi – Jahon banki

Jahon banki ekspertlarining ta’kidlashicha, O‘zbekistonda ish bilan band bo‘lgan ayollar va erkaklar o‘rtacha ish haqidagi gender tafovutini bartaraf etish 700 mingdan ortiq odamni qashshoqlikdan chiqarishga yordam beradi.

Jahon banki ekspertlari Tatyana Proskuryakova va Uilyam Seyts Markaziy Osiyo mamlakatlarida mehnatga haq to‘lashda ayollar va erkaklar daromadining tengsizligi borasida tadqiqot o‘tkazdi.

Qayd etilishicha, global miqyosida ayollarning maoshi erkaklar ish haqining o‘rtacha 80 foizini tashkil qiladi. Markaziy Osiyoda esa bu farq yanada katta: Tojikistonda ayollar erkaklar ish haqining qariyb 60 foizi, O‘zbekistonda 61 foizi, Qirg‘izistonda 75 foizi Qozog‘istonda esa 78 foizi miqdorida maosh oladi.

Xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi to‘laqonli ishtiroki mehnat bozorining diversifikasiyasi va jadal rivojlanishiga xizmat qiladi.

Ekspertlarining ta’kidlashicha, gender tengligi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad va iqtisodiy o‘sish sur’atlari baland. Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa ish haqi va ayollar bandligining pastligi bevosita mintaqa iqtisodiyoti hajmini pasaytiradi va qashshoqlikda yashayotganlar sonini oshiradi.

“Agar Markaziy Osiyoda ayollar erkaklar bilan teng mehnat qilib, bir xil daromad olsa, milliy daromadning o‘sishi Qozog‘istonda 27 foizdan Tojikistonda 63 foizgacha bo‘lgan bo‘lardi. O‘zbekistonda ish bilan band bo‘lgan ayollar va erkaklar o‘rtacha ish haqidagi gender tafovutini bartaraf etish 700 mingdan ortiq odamni qashshoqlikdan chiqarishga yordam beradi”, deyiladi maqolada.

Jahon bankining “Markaziy Osiyoni tinglash” tadqiqoti doirasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra, mintaqada ayollar imkoniyatlarini cheklovchi kamsitish amaliyotlari saqlanib qolmoqda.

2022 yilda mintaqa bo‘ylab so‘rovnomada qatnashgan respondentlarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i ayol oila va uy ishlari bilan shug‘ullanuvchi birinchi shaxs, erkak esa asosiy boquvchi bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.

Respondentlarning 20 foizi​​dan 50 foizigacha qismi, turmush qurgan ayollar oilada totuvlikni saqlash uchun erlaridan kamroq maosh olishi kerakligini aytgan. Ishtirokchilarning bu boradagi fikri shahar yoki qishloqda yashashiga qarab deyarli o‘zgarmagan.

“Bularning barchasi mehnat bozorida xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini, ularning iqtisodiy faolligini cheklovchi qarashlar keng tarqalganligini ko‘rsatadi”, deyiladi tadqiqotda.

Jahon banki mutaxassislari gender tengsizligi imtiyozlar bilan bog‘liqmi yoki tizimli to‘siqlar bormi degan savolga aniqlik kiritish maqsadida ikkita tajriba o‘tkazadi.

Birinchi tajriba vinetkalar usuli, ya’ni faraziy belgilarning qisqacha og‘zaki portretlari yordamida amalga oshirilgan. Ya’ni umumiy kasb vakili (masalan, shifokor yoki o‘qituvchi) tavsiflangan va oxirida uning ish haqi miqdori ko‘rsatilgan. Ular o‘xshash xususiyatlarga ega xayoliy qahramonlar bo‘lgan. Asosiy istisno qahramonning yarmida ayol, qolgan yarmida erkak ismi keltirilgan.

Tajriba ishtirokchilaridan ma’lum bir ishchining maoshini juda past, normal yoki juda yuqori deb hisoblashlarini ko‘rsatish so‘ralgan. Ikki oy davomida 70 mingdan ortiq kishi bilan ko‘rsatilgan ish haqi bo‘yicha fikrini bilish maqsadida suhbat o‘tkazilgan. Gap ayollar maoshi haqida ketganda so‘rovda qatnashganlarning 13 foizi bu juda balandligini, 34 foizi esa erkaklar uchun bu maosh juda pastligini qayd etgan.

Ikkinchi tajriba doirasida esa O‘zbekistondagi bir necha yuzta haqiqiy ish e’loniga real hayotda mavjud bo‘lmagan xayoliy rezyumelar yuborilgan. Ko‘rsatilgan malaka, tajriba va boshqa parametrlar bir xil, faqat bitta farq — ariza beruvchilarning yarmi ayollar bo‘lgan.

Eksperiment natijalariga ko‘ra, ayol kishi haydovchi sifatida ishga kirishi uchun bir xil malakaga ega bo‘lgan erkakka nisbatan 180 foiz ko‘proq ariza yuborishi kerak. Shuningdek, erkak kishi buxgalter lavozimiga suhbatga taklif qilinishi uchun ayol kishiga qaraganda 79 foiz, ofis menejeri (administrator) lavozimiga esa 685 foiz ko‘proq rezyume yuborishi kerak bo‘ladi.

Jahon banki ekspertlarining qo‘shimcha qilishicha, erkaklar va ayollar o‘rtasidagi iqtisodiy imkoniyatlarning nomutanosibligi aholining daromadlari va iqtisodiy faolligini pasaytirib, kambag‘allik darajasining oshishiga va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashishiga olib keladi. Ushbu muammolarni hal qilishdagi birinchi qadamlardan biri tenglik yo‘lidagi huquqiy to‘siqlarni olib tashlash bo‘lishi kerak.

“O‘tgan yili O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib dunyoning 95 ta davlati qatorida erkaklar va ayollar uchun mehnatga teng haq to‘lash bo‘yicha majburiy talabni joriy qildi. Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari ham O‘zbekistondan o‘rnak olishi va mehnatga teng haq to‘lashga o‘tishi kerak. Qozog‘iston 2021 yilda “ayollar uchun taqiqlangan kasblar” ro‘yxatini bekor qildi. Cheklovlar haligacha mavjud bo‘lgan mintaqa davlatlari ham ularni olib tashlashi lozim.

Biroq bandlik va ish haqi sohasida gender tengsizligini bartaraf etish uchun huquqiy islohotlarning o‘zi yetarli emas. Ish beruvchilar, ishchilar, hukumatlar va jamiyat ayollar mehnatining roli va qiymati haqidagi keng tarqalgan qoliplarga qarshi chiqishlari kerak. Diskriminasiya va imkoniyatlar tengsizligi muammosi hal etilmaguncha, Markaziy Osiyo qashshoqlikni kamaytirish va iqtisodiy o‘sishning inklyuzivligini oshirish kabi vazifalarni to‘liq bajara olmaydi”, deya xulosa qiladi JB mutaxassislari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Hasanboy Do‘smatov navbatdagi rejasi haqida gapirdi va pulni nimaga sarflashini aytdi

Кеча Жаҳон чемпионатида ўзининг иккинчи олтин медалини қўлга киритган Ҳасанбой Дўсматов финалдан кейинги таассуротлари билан ўртоқлашди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Germaniya kansleri Putinni Gitlerga qiyosladi

Агар Украина таслим бўлса, уруш шу билан тўхтамайди.

Avstraliyada Xanuka bayramini nishonlayotgan yahudiylarga hujum yuzasidan Isroil bosh vaziri munosabat bildirdi

Сизнинг ҳукуматингиз эса антисемитизмга қарши ҳеч нарса қилмади, деган Нетаняху.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.