O‘zbekistonda havo salqinlashadi, tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonda havo salqinlashadi, tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

13 avgustdan O‘zbekistonning shimoliy qismlariga, so‘ngra butun mamlakat hududiga Volgabo‘yi mintaqasidan salqin havo oqimlari kirib keladi, deya xabar qildi O‘zgidromet «Gazeta.uz"ga.

Antisiklon ta’sirida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliklarsiz ob-havo hukmron bo‘ladi. Faqatgina respublikaning tog‘li hududlariga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati kechasi +15…+18, kunduzi esa +25…+28 darajagacha tushadi. Ushbu harorat ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlardan 5−8 daraja pastroqdir, deya qayd etdi sinoptiklar.

13−15 avgust kunlari ayrim joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi. Bunday salqin ob-havo 16 avgustga qadar saqlanib qoladi.

Antisiklon chekinganidan so‘ng havo harorati oshishni boshlaydi va kechasi +18…+20, kunduzi — +32…+35 darajaga qadar ko‘tariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!