O‘zbekistonda go‘sht narxi yana ko‘tariladi

O‘zbekistonda go‘sht narxi yana ko‘tariladi

Markaziy bank bunga ob-havoni sabab qilib ko‘rsatmoqda. Joriy yil boshidan beri kuzatilayotgan o‘zgaruvchan ob-havo sharoitlari (dala va yaylovlarda suv resurslarining kamligi) chorva ozuqasi narxlariga va takroriy sabzavot ekinlarini ekish jarayoniga ta’sir ko‘rsatib, go‘sht mahsulotlari va sabzavotlar narxlariga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin.

Yuqoridagi omillar ta’sirini minimallashtirishda, birinchi navbatda, iste’mol bozorlarida raqobatni rag‘batlantirish, bozorlar va savdo tarmoqlari ko‘lamini kengaytirish, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda yetishtirish imkoniyatlarining oshirilishi va ushbu mahsulotlarni yetishtirish uchun zaruriy yer maydonlarini hamda suv resurslari ajratilishi o‘zining ijobiy samarasini beradi, deya xabar beradi Markaziy bank axborot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!