O‘zbekistonda fuqarolik to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi: nimalar o‘zgarmoqda?

O‘zbekistonda fuqarolik to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi: nimalar o‘zgarmoqda?

O‘zbekistonda deputatlar yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, mazkur qonun loyihasida 1995 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston hududiga kirib kelgan va doimiy propiskaga o‘tgan, xorijiy davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda ushbu qonun kuchga kirgan kunga qadar O‘zbekistonda yashash guvohnomasi asosida istiqomat qilgan shaxs, istak bildirgan taqdirda O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinishi nazarda tutilgan.

Qonun loyihasiga “vatandosh” tushunchasi kiritilib, fuqaroligi bo‘lmagan vatandoshlarga nisbatan fuqarolikka qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi belgilanmoqda. O‘zbekiston fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik mexanizmlari yaratilishi bo‘yicha qator normalar kiritilmoqda.

Qizg‘in muhokamalardan so‘ng qabul qilingan qonun Senatga yuborildi. Senat ma’qullab, prezident imzolagandan so‘ng qonuniy kuchga kiradi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!