O‘zbekistonda Fuqaro aviasiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi ochiladi

O‘zbekistonda Fuqaro aviasiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi ochiladi

Prezidentning tegishli qaroriga asosan Fransiya Fuqaro aviasiyasi milliy maktabi (ENAC) bilan birgalikda Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviasiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi tashkil etiladi.

Maktabda ta’lim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi; 

Dastlab, qo‘shma ta’lim dasturlari (double degree) asosida “Havo kemalarining parvoz ekspluatasiyasi” bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi;

Maktabda talabalar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt miqdori Fransiyaning Fuqaro aviasiyasi milliy maktabi bilan kelishilgan holda Toshkent davlat transport universiteti tomonidan belgilanadi;

Maktab bitiruvchilariga Fransiyaning Fuqaro aviasiyasi milliy maktabining belgilangan namunadagi diplomi beriladi va u O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!