O‘zbekistonda bugungacha qancha odam karantindan qochgan?

O‘zbekistonda bugungacha qancha odam karantindan qochgan?

 Bugungi kunga kelib, karantin qoidalarga amal qilmagan 90  nafar fuqarolar aniqlandi.

«Ularning 3 nafari jinoiy (Samarqand - 2 nafar, Qoraqalpog‘iston - 1 nafar) va 87 nafari ma’muriy (Toshkent viloyatida 16 nafar, Buxoroda 15 nafar, Jizzaxda 14 nafar, Toshkent shahrida 12 nafar, Qashqadaryoda 9 nafar, Samarqandda 6 nafar, Sirdaryo, Navoiy, Surxondaryo va Xorazmda 3 nafardan, Farg‘onada 2 nafar va Namanganda 1 nafar ) javobgarlikka tortildi». — Shohruh G‘iyasov, IIV matbuot kotibi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!