O‘zbekistonda bolalar musiqa va san’at maktablarida ko‘zi ojizlar bepul o‘qitilishi belgilandi

O‘zbekistonda bolalar musiqa va san’at maktablarida ko‘zi ojizlar bepul o‘qitilishi belgilandi

Madaniyat vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, endilikda, qarorlarga o‘zgartirish kiritilgan holda nogiron bolalar, shu qatorda ko‘zi ojizlar ham Bolalar musiqa va san’at maktablarida bepul tahsil olishi ko‘zda tutilgan.

Joriy yilda respublika bo‘ylab Bolalar musiqa va san’at maktablarida 355 nafar nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar tahsil oldi, shundan 320 nafari ko‘zi ojiz bolalar hisoblanadi.

2020—2021-o‘quv yillariga Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qish istagini bildirgan nogironligi bor 650 nafargacha o‘quvchini qamrab olish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!