O‘zbekistonda bog‘cha bolalari orasida kasalalanish ko‘paydi. MTV raqamlarni ochiqladi

O‘zbekistonda bog‘cha bolalari orasida kasalalanish ko‘paydi. MTV raqamlarni ochiqladi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan MTMlarda bolalar salomatligi yuzasidan sodir bo‘layotgan muammolar haqida bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, avgust – sentyabr oylari davomida Respublikamizning turli viloyatlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning ich ketishi, ko‘ngil aynishi kabi holatlar bilan shifoxonaga yotqizilganligi kuzatildi.

Jumladan, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi 39-sonli DMTTdan 8 nafar, Marg‘ilon tumani 16-sonli DMTTdan 8 nafar, Marg‘ilon shahar 24-sonli DMTTdan 4 nafar, Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 16-sonli MMTdan 11 nafar, Qashkadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan 32-son DMTTdan 5 nafar bola yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan.

️Ta’kidlanishicha, diareyaga faqatgina ovqatlanish jarayoni emas, balki qo‘lni toza yuvmaslik, meva va sabzavotlarni yuvmasdan iste’mol qilish ham sabab bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, ich ketishi, isitma, ko‘ngil aynishi kabi holatlar faqatgina ovqatdan zaharlanish jarayonida kuzatilmaydi. Kuz mavsumi bakteriya va viruslarning faollashadigan fasli hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!