O‘zbekistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik bo‘yicha 2023 yilning o‘zida 3 mingga yaqin jinoyat ishi ochilgan

O‘zbekistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik bo‘yicha 2023 yilning o‘zida 3 mingga yaqin jinoyat ishi ochilgan

Mamlakatimizda 2023 yil 11 aprelda Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ayollar va bolalarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilgan edi.

Mazkur qonun kuchga kirganidan so‘ng, 2023 yilning o‘zida 2638 ta jinoyat ishi hamda 10091 ta ma’muriy huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqilgan. Buning doirasida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-2-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan 4343 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 2344 nafariga jarima, 1999 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan esa 134 kishi sudlanib, ularning 51 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 83 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Shuningdek, 2024 yilning o‘tgan 6 oyi davomida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi bilan shahvoniy shilqimlik qilishda ayblangan 318 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Mintaqamizda kuzatilgan va katta rezonansga sabab bo‘lgan «Bishimbayev ishi» fonida Qozog‘iston jamoatchiligi ham biznikiday qonun qabul qilinishi zarurligini muhokama qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!