O‘zbekistonda anomal sovuq qachongacha davom etishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda anomal sovuq qachongacha davom etishi ma’lum bo‘ldi

Dekabr oyining boshidan O‘zbekiston bo‘yicha juda sovuq ob-havo kuzatilmoqda, bunday havo hafta davomida saqlanib turadi.

Harorat anomaliyasi Shimoliy Yevroosiyoning deyarli barcha hududlarini egallagan juda kuchli antisiklon bilan bog‘liqdir.

Birinchi o‘n kunlik o‘rtasiga kelib, respublikaning markaziy hududlari bo‘yicha havo harorati kechalari 5-7o sovuqqacha, ba’zi joylarda 10o sovuqgacha, kunduz kunlari 3-5o sovuqqacha pasaydi.

Dekabr oyida juda sovuq ob-havo davrlari bizning hududimizda avval ham kuzatilgan. Bunday qiymatlargacha haroratning pasayishi bilan sovuqning qisqa muddatli to‘lqinlari deyarli har yili qayd etiladi. 2-3 yil ichida taxminan 1 marta sezilarli darajadagi sovuqlar ham kuzatilgan. So‘nggi 25 yil ichida dekabr oyida haroratning 10-15o sovuqqacha pasayishi, ba’zi joylarda esa undan ham past bo‘lishi O‘zbekistonning markaziy hududlarida 2002, 2003, 2006, 2007, 2010, 2012, 2014 yillarda qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!