O‘zbekistonda amaldorlar va maxsus xizmatlar xodimlari qanday mashina raqamlari bilan yurishadi?

Har bir davlat organi va idorasida avtomobillar raqamlarining alohida seriyasi mavjud.
PAA – prezident, davlat rahbariyati, hukumat va Vazirlar Mahkamasiga tegishli raqamlar. Bunday raqamlarda hududiy kodning o‘rniga O‘zbekiston bayrog‘i aks ettiriladi.
PSS – O‘zbekiston prezidentining Xavfsizlik xizmatiga tegishli raqamlar.
PPP – Oliy Majlis senatorlari va deputatlari, O‘zbekiston prezidenti administrasiyasi rahbarlari va mas’ul xodimlariga tegishli raqamlar.
APC – vazirliklar, davlat qo‘mitalari, Vazirlar Mahkamasi departamentlari va davlat oliy ta’lim muassasalarining rahbarlariga tegishli raqamlar.
UZB – davlat hokimiyati markaziy organlarining rahbarlariga tegishli raqamlar.
TSS, TST, USB – Davlat xavfsizligi xizmatiga tegishli raqamlar.
VSB, VSC, VSF, VSD, VSG, VSV – ichki ishlar organlariga tegishli raqamlar.
ZDF – O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xodimlariga tegishli raqamlar.
FVV – O‘zbekiston FVV xodimlariga tegishli raqamlar.
PSF, PSP, PSV – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlariga tegishli raqamlar.
DXA – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlari agentligi xodimlariga tegishli raqamlar.
TTA, TTB, TTC, TTD, TTE, TTF, TTG – taksi raqamlari.
CMD – elchi va vakillarga tegishli raqamlar (yashil).
D – diplomatlarga tegishli raqamlar (yashil).
X – konsulliklarga tegishli raqamlar (yashil).
UN – O‘zbekistondagi BMT vakolatxonasi va uning tashkilotlariga tegishli raqamlar (UNDP, UNICEF, WHO va boshqalar) (yashil).
M – xorijiy korxona va kompaniyalar xodimlari, shuningdek, investorlarga tegishli raqamlar (yashil).
H – fuqaroligi yo‘q kishilarga tegishli raqamlar (sariq-qora).
T – ma’muriy-texnik xodimlarga tegishli raqamlar (yashil).
DAV – davlat boshqaruvi va hokimiyatlarning shaxsiy biriktirilgan va navbatchi xizmat avtomobillariga beriladigan raqamlar.
MV – O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga tegishli raqamlar.